So’nggi yangiliklar

20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  0 20:11"Манчестер Юнайтед" ҳамон "Спортинг" сардори билан шартнома имзолаш ниятида  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  30 19:43"Тоттенхэм" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячиси учун 55 млн евро таклиф қилди  0 19:20"Ливерпуль"га керагидан ортиқ баҳо бериб юборишмаяптими? Слот жамоаси Англия чемпионлигини ҳимоя қилиши қийин бўлади  7 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  0 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  8 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  9 17:44Футзал бўйича Олий лига баҳсларига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0 17:23Игорь Шквирин билан Суперлига таҳлили — "Бунёдкор” замонавий, “Насаф” барқарор ўйин кўрсатмоқда. Чемпионатда яққол фаворит йўқ  6 17:05Ўзбекистон ва Россия афсоналари учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 16:49Суперлига. 19-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", ОКМК, "Андижон" ва "Хоразм"да йўқотишлар бор  0 16:24"Ньюкасл" А Сериядан Исакка ўринбосар топди  1 15:55"Ньюкасл" Исакни жаримага тортади  0 15:32"Футбол олами". "Нефтчи" - "Насаф"ни мағлуб этди, водий дербисида "Андижон" "Навбаҳор"га ютқазди  1

“Lokomotiv” bugun “Nasaf”ni qabul qiladi Yangiliklar

“Lokomotiv” bugun “Nasaf”ni qabul qiladi

Teglar :  LokomotivNasaf
O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi – “Lokomotiv” bugun joriy yilgi kubok bellashuvlari yarim final ilk uchrashuvini o'tkazadi.

“Temiryo'lchilar” yarim finalda Qarshining “Nasaf” jamoasi qarshiligini engib o'tishga urinishadi.


O'zbekiston Kubogi–2017
1/2 final, dastlabki uchrashuv
2 avgust (chorshanba). Lokomotiv stadioni, soat 19.30
Lokomotiv (Toshkent) – Nasaf (Qarshi)
Bosh hakam:
R. Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent)
Darvoza chizig'idagi hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), I. Tantashev (Buxoro)
Zaxira hakami: R. Serazitdinov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
 
Mazkur jamoalarning Toshkentda o'tadigan ilk qarama-qarshiligini tajribali FIFA referisi – Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Qayd etish joizki, mazkur uchrashuvda sinovdan o'tayotgan yangi tizim – darvoza chizig'idagi hakamlar ham ishlaydi. Darvoza chizig'ida bugun Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev harakat qilishadi.

O'ZARO QARAMA-QARSHILIKLAR TARIXI:

O'zbekistonning ikki grand jamoalari – “Lokomotiv” hamda “Nasaf” shu paytga qadar mamlakat kubogi bahslari doirasida 2 bor o'zaro to'qnash kelishgan. Dastlab, ushbu jamoalarning yo'llari 2015 yilgi kubok o'yinlarining yarim finalida kesishgan. O'shanda ilk bahsda “Nasaf” 2:0 hisobida zafar quchgan. Javob bellashuvida esa “Lokomotiv” vakillari 1:0 hisobida g'alabaga erishishgan. SHu tariqa, finalga qarshiliklar yo'l olgandi.



O'tgan yili esa mazkur jamoalar O'zbekiston kubogining hal qiluvchi – final bahsida o'zaro bellashishgan. Samarqandda kechgan hamda 8150 nafar ishqiboz guvohligida o'tgan matchda “Lokomotiv” 1:0 hisobida g'alaba qozonib o'z tarixida ikkinchi marta billur sovringa ega chiqdi.

“LOKOMOTIV” KUBOK O'YINLARIDA QANDAY ODIMLAMOQDA?

O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi – “Lokomotiv” ushbu mavsumda kubok o'yinlaridagi ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. “Temiryo'lchilar” 1/8 finalda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi qarshiligini engib o'tishdi.

Dastlab Toshkentda o'tgan bahsda “Loko” futbolchilari raqib darvozasini oz emas, ko'p emas – javobsiz naqd 5 marta ishg'ol etishdi. O'sha bellashuvda Marat Bikmaev bir marta, Jaloliddin Masharipov hamda Diyor Turopov ikki martadan o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishgandi.

Javob o'yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Toshkentliklar safida Murod Bobojonov muvaffaqiyat qozondi va chiroyli gol muallifiga aylandi.



1/4 finalda esa jamoamiz “Buxoro” jamoasiga ro'baro' keldi. Buxoroda o'tgan ilk uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda ko'rinish oldi. Har ikki jamoa futbolchilari ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratishdi. Biroq gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi va 0:0 hisobi qayd etildi. Toshkentda o'tgan javob o'yinining asosiy vaqti ham 0:0 hisobida yakunlandi. Belgilangan qo'shimcha bo'limlarda esa “Lokomotiv” vakillari iroda namoyish eta olishdi hamda javobsiz 3 ta gol kiritib, yarim final yo'llanmasiga ega chiqishdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика