"Manchester Yunayted" hamon "Sporting" sardori bilan shartnoma imzolash niyatida
15 avg 20:11
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" hamon "Sporting" sardori bilan shartnoma imzolash niyatida
"Manchester Yunayted" rahbarlari hanuzgacha daniyalik yarim himoyachi va Lissabonning "Sporting" sardori Morten Yulmandga qiziqmoqda.
"Sky Sports" malumotlariga qaraganda, "qizil iblislar" hali Lissabon klubiga rasmiy taklif bilan chiqmagan, biroq "Yunayted" skautlari skandinaviyalik yarim himoyachini anchadan beri kuzatib bormoqda.

Manchester jamoasidan tashqari Turinning "Yuventus" klubi ham Yulmandni o'z tarkibida ko'rmoqchi. Qayd etish joiz, daniyalikning transferi mutaxassislar tomonidan 26 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Morten o'tgan mavsum "Sporting" tarkibida Portugaliya chempionatida 28 o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritdi va 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar