So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  29 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Igor Shkvirin bilan Superliga tahlili - "Bunyodkor” zamonaviy, “Nasaf” barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Chempionatda yaqqol favorit yo'q Yangiliklar

Igor Shkvirin bilan Superliga tahlili - "Bunyodkor” zamonaviy, “Nasaf” barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Chempionatda yaqqol favorit yo'q

Superligada har bir tur turli ruhda kechmoqda.

Favoritlar yo'q, raqobat yuqori, intriga esa havoda ilingan oltin medal kabi har bir jamoani chorlayapti. O'zbekiston futboli afsonasi, Osiyo o'yinlari g'olibi Igor Shkvirin bilan mavsumning bugungi holati, taniqli klublar taqdiri, mahalliy va xorijlik murabbiylar haqida gaplashdik.

— Igor Anatolevich, bu yilgi Superliga muhitiga tomoshabin sifatida qarasak, ko'zga tashlanayotgan eng katta jihat nimada?

— Superliga uchrashuvlari qiziqarli ruhda o'tmoqda, deyish mumkin. Chempionatda yaqqol favorit jamoa yo'q. Shunisi malumki, mavsum yakuni ham shiddatli bo'ladi. Intriga oxirigacha saqlanib qolishini taxmin qilaman.

— Toshkent klublarini kuzatganingizda qanday xulosaga kelyapsiz?

— Toshkent jamoalariga kelsak, “Bunyodkor”da murabbiy ish boshlaganiga bir yil bo'ldi. Ilyos Zeytullaev ilk mavsumida oldiga qo'yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajardi. Menga "Bunyodkor"ning o'yinlarini ko'rish qiziq tuyulyapti, chunki jamoa zamonaviy futbol ko'rsatishga harakat qilmoqda. Ilyos Zeytullaev ko'p yillar Italiyada nimalardir o'rgangani va ularni qo'llashga intilayotgani seziladi. Balki qaysidir vaziyatlarda ijrochilar etishmayotgani, tajriba kamligi bilinayotgandir. Jamoa ko'p durang o'ynayapti, mag'lubiyatlar ham uchrab turibdi.

"Paxtakor"da yil boshida tushunarsiz tartibsizliklar kuzatildi. U murabbiyni Portugaliyaning o'zida ham hech kim tanimasa kerak. Balki akademiya darajasidagi murabbiydir. Umuman, bunday ishga jiddiy yondoshish kerak. Kamoliddin Tojiev qo'l ostida esa jamoa yaxshiroq, ishonchliroq o'ynamoqda. Chempionatimizga kelayotgan xorijlik murabbiylarni o'z mutaxassislarimizdan yaqqol ustun, deb ayta olmayman. Real qaraganda, “Paxtakor” chempionlik emas, balki kuchli uchlikka kirish uchun kurashadi.

— Qolgan etakchi jamoalarning buguni va ertasini qanday ko'ryapsiz? Vodiy klublarining ishtirokidan taassurotlar bormi?

— "Nasaf" barqaror ishtirok etishda davom etmoqda. "Neftchi"da ikki teng kuchli tarkib bor. To'g'ri, himoyaviy o'ynamoqda, lekin har bir o'yinda oxirigacha kurashayotganini aytishim mumkin. Bu kurash so'nggi turgacha to'xtamaydi va “qaynaydi”.

"Navbahor"da ham o'z maqsadlari bor. Ular yuqori o'rinlarni egallash niyatida. Bu yo'lda OKMK, "Neftchi", "Bunyodkor" kabi raqiblar bor. Olmaliq jamoasi muntazam ravishda yuqorida bo'ladi, lekin kutilmagan o'yinlarda ochko yo'qotmoqda. Eng yuqori o'rinlar uchun kurashda esa bu muhim omil. Jahon futbolida ham chempionlik, deylik, "Real" yoki "Barselona"ning o'zaro o'yinida emas, balki kuchsizroq jamoalar bilan uchrashuvlarda hal bo'ladi. Masalan, o'tgan turda OKMK "Qizilqum" bilan uchrashuvda ochko yo'qotdi.

— Navoiy jamoasi mahalliy mutaxassis bilan etakchidan ochko oldi...

—"Qizilqum"da ham xorijlik murabbiy ish boshlagandi. Lekin uning natijasini mahalliy murabbiy ham qila oldi, balki yanada yaxshiladi. Shunday ekan, bunday xorijlik mutaxassis nima uchun kerak? Men o'zimni aytmoqchimasman, lekin yaxshi mutaxassislarimiz borligini takidlamoqchiman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика