"Nyukasl" Isakni jarimaga tortadi
15 avg 15:55
Yangiliklar
"Nyukasl" Isakni jarimaga tortadi
"Nyukasl" rahbariyati shveciyalik hujumchi Aleksander Isakka o'tkazib yuborilgan o'yinlar uchun jarima belgilaydi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, "hakkalar" hali jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortayotgan 25 yoshli shveciyalik futbolchini jarimaga tortmagan. Isak "Nyukasl"ning uchrashuvlarini o'tkazib yubora boshlasa, jarima solinadi. Eddi Xau jamoasining APL yangi mavsumidagi ilk o'yini 16 avgust kuni bo'lib o'tadi. "Hakkalar" "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi va bu o'yinda Isak o'ynamaydi.
Eslatib o'tamiz, Aleksander Isak uni yozgi transfer oynasida "Liverpul"ga qo'yib yubormagan "Nyukasl" sharafini himoya qilishdan bosh tortmoqda. Ayni damda ekspertlar shveciyalik hujumchining transfer qiymatini 120 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar