Jahon futboli afsonalari keladigan futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi uchun chiptalar bepul beriladi
15 avg 18:41
Yangiliklar
Jahon futboli afsonalari keladigan futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi uchun chiptalar bepul beriladi
Joriy yilning 26 avgust kuni "Humo Arena"da o'tkaziladigan futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi doirasidagi BMB – "Oil Star" uchrashuvi chiptalari yuzasidan malumot.
O'zbekiston futzal federasiyasi ko'p sonli futzal ixlosmandlarining taklif va istaklariga binoan, Superkubok uchrashuviga chiptalar bepul tarqatilishini elon qiladi.
Chiptalar 2026 yilning 18 avgust (dushanba kuni) soat 14:00 dan boshlab "Humo Arena" kassalarida beriladi.
Uchrashuvga tashrif buyuruvchi har bitta muxlisga 2 (ikki) donadan o'yin chiptasi taqdim etiladi.

Avvalroq Riberi, Karlos, Kannavarro, Materacci va boshqa yulduzlar ushbu o'yinga kelishi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar