"Tottenxem" "Kristal Pelas" yarim himoyachisi uchun 55 mln evro taklif qildi
15 avg 19:43
Yangiliklar
"Tottenxem" "Kristal Pelas" yarim himoyachisi uchun 55 mln evro taklif qildi
"Tottenxem" rahbarlari ushbu yozgi transfer oynasida "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Eberechi Ezeni sotib olmoqchi.
"The Times" xabariga ko'ra, Shimoliy London klubi 27 yoshli angliyalik futbolchi uchun "oynasozlar"ga 55 million evro taklif qilgan.
"Kristal Pelas" rahbariyati o'zining eng yaxshi futbolchilaridan birini sotishdan kamida 75 million evro olishni xohlamoqda, shuning uchun klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Bungacha matbuotda Londonning "Arsenal" klubi ham Ezeni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Eberechi Eze o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida Angliya chempionatida 34 o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar