So’nggi yangiliklar

20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  0 20:11"Манчестер Юнайтед" ҳамон "Спортинг" сардори билан шартнома имзолаш ниятида  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  31 19:43"Тоттенхэм" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячиси учун 55 млн евро таклиф қилди  0 19:20"Ливерпуль"га керагидан ортиқ баҳо бериб юборишмаяптими? Слот жамоаси Англия чемпионлигини ҳимоя қилиши қийин бўлади  7 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  1 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  8 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  9 17:44Футзал бўйича Олий лига баҳсларига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0 17:23Игорь Шквирин билан Суперлига таҳлили — "Бунёдкор” замонавий, “Насаф” барқарор ўйин кўрсатмоқда. Чемпионатда яққол фаворит йўқ  6 17:05Ўзбекистон ва Россия афсоналари учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 16:49Суперлига. 19-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", ОКМК, "Андижон" ва "Хоразм"да йўқотишлар бор  0 16:24"Ньюкасл" А Сериядан Исакка ўринбосар топди  1 15:55"Ньюкасл" Исакни жаримага тортади  0 15:32"Футбол олами". "Нефтчи" - "Насаф"ни мағлуб этди, водий дербисида "Андижон" "Навбаҳор"га ютқазди  1

"Liverpul"ga keragidan ortiq baho berib yuborishmayaptimi? Slot jamoasi Angliya chempionligini himoya qilishi qiyin bo'ladi Yangiliklar

"Liverpul"ga keragidan ortiq baho berib yuborishmayaptimi? Slot jamoasi Angliya chempionligini himoya qilishi qiyin bo'ladi

Ajoyib jamoaning jiddiy muammolari mavjud.

PSJ, "Real" va "Manchester Siti"dan farqli o'laroq, "qizillar" Klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etishmadi hamda rejaga ko'ra, dam olish imkoniga ega bo'ldi. Ammo bu vaqt nafasni rostlashga etarli bo'lmagandek. Angliya Superkubogi uchun bahsda "Kristal Pelas" ikki bor hisobda ortda borib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Penaltilar seriyasida esa ustunlik "burgutlar" tomonida bo'ldi. Mazkur natija yangi mavsumga baho berish yoki jamoa natijasini taxmin qilish uchun etarli asos bo'lolmaydi, biroq hozirning o'zida ko'pgina savollar paydo bo'ldi. Mutaxassislar fikriga ko'ra, "Liverpul" yangi mavsum chempionligi uchun asosiy nomzod. Bu esa Slot jamoasiga ishonch o'ta yuqoriligidan dalolat. Ko'plab jamoalar tavakkalga borib, APLda etakchilikni qo'lga olish istagida katta o'zgarishlarga qo'l urayotgan bir vaqtda, ko'pchilikning yakdillik bilan qo'llashi ijobiy natijani kafolatlamasligini MYU misolida ko'rdik. "Liverpul" ketma-ket chempionlikni rasmiylashtirib tashlaydigan gegemon bo'la olmadi, xuddi "Manchester Siti" singari. Slot jamoasi chempionlikni himoya qilishda zaif nuqtalari borligini sezib turgan bo'lsa ajab emas. 


Asosiy tarkibda ko'plab o'zgarishlar bo'ldi 

Darvozabon Alisson "Liverpul" asosiy tarkibida qoladimi? Jamoa etakchilari himoyachi van Deyk va vinger Saloh yangi shartnomaga imzo chekishdi, qo'shimchasiga laterallar Frimpong va Kerkez tarkibga olib kelindi. Hujumda ham sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Birinchi rasmiy uchrashuvda "Liverpul" tarixidagi eng qimmat xarid Virc Angliya Superkubogida yarim himoyada yomon ko'rinmadi. Florian birinchi golda Ekitikega katta yordam berdi. "Liverpul" asosiy tarkibida hozirda to'rtta o'zgarish amalga oshdi, agarda Isak ham "qizillar" safiga o'tsa, beshinchi o'zgarish yuz berishi mumkin. Unda shveciyalik va Ekitike navbati bilan chap qanotga o'tib harakat qilishadi, Gakpo esa katta ehtimol zaxirada qoladi. Slot malum darajada tavakkal qilmoqda, sababi o'tgan mavsum "Liverpul"ning asosiy ustunligi tarkibning asosi ancha vaqt birga o'ynaganiligida edi, endi esa optimal tarkib avvalgi mavsumdagidan sezilarli darajada farq qilmoqda.


Gravenberx jamoasiga o'yiniga balans bermoqda

Ko'pchilik Saloh haqida gapirmoqda, Muhammad mavsumlar oralig'ida ketishi ham mumkin edi, ammo qoldi. Endi esa jamoa o'yinidagi balans mavzusi haqida — maydonda bir vaqtning o'zida to'rt nafar hujum(chi)kor futbolchi o'ynasa, balans buzilishi tabiiy holdek. Virc yarim himoyachi ham emas, dispetcherlikni qoyillatadigan Florian aynan hujumda ko'proq foyda keltiradi. Chap qanot laterali Kerkez to'psiz harakatlarda xato qilmasligi, uning o'ng qanotdagi hamkasbi Frimpong ham o'z qanotidan juda ko'p hujumga o'tadi. MakAllister ham bazida oldinga o'tib ketishini qo'shimcha qilsa — jiddiy muammo yuzaga kelmoqda. "Liverpul" natijalari APLning o'tgan mavsumida eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Gravenberx sport fomrasiga bog'liq. Niderlandiyalik yigirma uch yoshida ota bo'ldi. Yosh futbolchilar ota bo'lsa, bu aksariyat vaziyatlarda ularning o'yiniga tasir qiladi. Soboslai ham ota bo'ldi, MakAllister oilasida yaqin orada yangilik bo'ladigan. "Liverpul" oilasida chaqaloqlar ko'paymoqda, Gravenberx va MakAllister esa maydon markazida uch kishining o'rniga ter to'kishlari talab qilinadi, chunki Virc ko'proq hujumdagi masalalarga javobgar bo'ladi.


Afrika Kubogi — Saloh ketadi

Saloh ikki yillik shartnoma imzoladi. O'tgan mavsum barcha o'yinlarni qo'shganda misrlik 57 ta samarali harakat amalga oshirdi. Chempionlar Ligasida g'olib bo'lganida, Saloh "Oltin to'p" uchun kurashda ham favoritga aylanishi mumkin, lekin bunday bo'lmadi va APLning o'zi etarli bo'lmaydi. Muhammad 33 yoshni qarshiladi, vinger borgan sari ko'proq, shu yoshda Messi qilganidek, tejamkor rejimda o'ynamoqda. Natijada, boshqa bir futbolchi Salohning o'rniga ter to'kishi talab etiladi. "Liverpul" uchun yomon tomoni Muhammad Afrika Kubogiga ketishi. Musobaqa 21 dekabr - 18 yanvarga rejalashtirilgan. Saloh APLning taxminan 6 uchrashuvini o'tkazib yuboradi, ularning orasida "Arsenal"ga qarshi uchrashuv ham bor. Misr safidagi o'yinlar Salohning jarohat olish ehtimolini oshirishdan tashqari, Afrika Kubogidan u ko'pincha yomon sport formasida qaytadi. yoshi o'tgani sayin qo'shimcha musobaqa, qo'shimcha bosim qiyinroq kechmoqda. Slot hozirdan Muhammadning o'rnini kim bosishi haqida o'ylashi zarur.

Van Deyk ham tezligini yo'qotmoqda

Insoniyat tabiat qonunlariga qarshi chiqa olmaydi. 34 yoshda og'irligi taxminan 100 kilogramm bo'lgan erkak, u sportchi bo'lsa ham, sekinroq yuguradi. Van Deyk to'pga ulgurmagan vaziyatlarda qoidani buzmoqda. "Liverpul" himoyasi etakchisi poziciya tanlashni zo'r biladi, lekin boshqa ko'plab jihatlarda Virjil kuchaymayotgani ham fakt. Slot u bilan xayrlashishga jazm qilmadi va jamoada qolishga ko'ndirdi. Tajribali himoyachi yosh jamoadoshlaridan keyin optimal sport formasiga kirib oladi, lekin muhim figura bo'lib qolaveradi. Xo'sh, "qizillar" himoyasida yana kimlar bor? "Liverpul" ishqibozlari klub futbolchilar bilan xayrlashishda ko'pincha ters harakat qilayotganiga etibor qaratishdi. Bazi poziciyalarda o'yinchilar soni ancha ko'p, lekin avvalgi mavsum "Liverpul" markaziy himoyasida asosiy juftlik van Deyk va Konate, zaxirada esa Gomes bor edi. O'tgan mavsum zaxiradagi yoshlar kerak bo'lmadi, lekin asosiy tarkib vakillaridan biri jarohat oladigan bo'lsachi — bu yana bitta muammo. Skautlar "Parma"dan Jovanni Leonini taklif qilishdi, lekin italiyalik endigina 18 yoshda.


Chempionlar Ligasi — qo'shimcha "bosh og'riq"

APLdagi g'alaba byudjetga yaxshi pul keltirdi, biroq Chempionlar Ligasida ancha erta PSJga imkoniyat boy berilishi oqibatida, turnirni tark etishi "Liverpul"ga ancha qimmatga tushdi. Parijda Slotning omadi chopdi, mag'lubiyat ancha yirik bo'lishi mumkin edi, ammo Alisson yaxshi o'yin ko'rsatdi, Elliott g'alaba goliga mualliflik qildi. Francuzlar safarda javob berishdi va penaltilar seriyasida g'alabani qo'lga kiritishdi. 2026 yil bahorida "Liverpul" bosslariga Chempionlar Ligasida kamida yarim final kerak. Yangi formatda umumiy bosqichda ham jiddiy o'yinlar soni ortdi. Slot va "Liverpul" etakchilari o'tgan mavsum hayotning o'zi ularga kulib boqqanini tan olishlari kerak. Gvardiola faoliyatida ilk bor inqirozga duch keldi. Arteta Chempionlar Ligasida odatdagidan ko'proq qolib ketdi — natijada APLga "Arsenal"ning kuchi etmay qoldi. Mareska boshchiligidagi "Chelsi" "Liverpul"dan oltin medallarni olib qo'yishga tayyor emasdi. Endi esa "Liverpul"ga qarshilik qiladigan jamoalar katta pullar sarflab, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishdi. Nazariy jihatdan Slot shogirdlari — yaqqol favorit, lekin amalda ham shunday bo'larmikin. "Arsenal" ham nihoyat chempionlikni qo'lga kiritish umidida, "Manchester Siti" ham rejalashtirgan o'zgarishlarini amalga oshirib oldi. "Liverpul" uchun muhimi barcha yangi futbolchilar birdaniga jamoaga kirishib ketib, o'z darajasini ko'rsatishi zarur. Hozircha esa Arne jamoasiga keragidan ortiq baho berib yuborilayotgandek, uyog'iga nima bo'lsa ham, avgustda sovrinni topshirib qo'yish — xato bo'ladi.


Xorijiy saytlar asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

   
15 avg 20:22:21
Azamat Shoha
Luiz Dias 75-mln yevro
Tyler Morton 15-mln yevro
Jarrell Quansah 35-mln yevro
Nathaniel Phillips 3,5 mln yevro
Kaomin Kelleher 20-mln yevro
Trent Alexander-Arnold 10-mln yevro
Darwin Nunez 65-mln yevro

Futbolchilar sotuvidan ancha pul ishlab oldi
Ketishi mumkin
Kostas Tsimikas 18-mln yevro West Hem
Ben Doak 29-mln yevro Bornmut
   
15 avg 20:10:10
Azamat Shoha
Alisson / Mamardashvili
Frimpong/ Bredli
Van Deyk/ Gomez
Konate/ Leoni
Kerkez/ Robertson
Wirtz/Szoboszlai
Gravenberh/ Endo
Mac Allister/ Jons
Salah/ Elliott
Gakpo / Ngumoha
Ekitike/ Chieza
   
15 avg 20:07:05
Azamat Shoha
Maqoladan malum boldiki Liverpoolni chempionligini istamaydiganlar kop ekan sababi, Liverpool yangi sezonda chempion bulsa Yunaytedni ortda qoldiradi bu iblislar ga yoqmaydi
   
15 avg 19:53:06
Jons
Salohni munosib o'rinbosari bu Elliot, uni saqlab qolish shart
   
15 avg 19:50:11
Латифжонов Т.К.
Ливерпуль чемпионликни саклаб колиши бу йил анча кийин булади. Сити, Челси, Мю, Арсенал удар тайерланмокда.
   
15 avg 19:48:02
Samcity
Ketinga qarab fol ochasanmi desangda faqat negativ
   
15 avg 19:37:35
Rafiqbek
Бу йил корамиз слотни кучини агар хеч нарса кила олмаса утган мавсум хам клоппни мехнатини самараси болади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика