So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  46

"LOKOMOTIV" FUTBOLCHISI O'ZI ISHTIROK ETGAN O'YINGA PUL TIKKANMI? Yangiliklar

"LOKOMOTIV" FUTBOLCHISI O'ZI ISHTIROK ETGAN O'YINGA PUL TIKKANMI?

Bizga jo'natilgan xabarda "Lokomotiv" klubi va jamoa sardori Kaxi Maxaradze go'yoki kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani iddao qilingan.

Bugun futbol sohasidagi barcha tashkilot va shaxslarning pochtasiga bir xat kelib tushdi. 

O'zini 188bet bukmeykerlik kompaniyasi inspektori deb tanishtirgan shaxs "Lokomotiv" klubi futbolchilarining kelishilgan o'yinlarda qatnashganini iddao qilgan. Ushbu xatda "Lokomotiv" futbolchisi Kaxi Maxaradzening kelishilgan o'yinlarda qatnashgani borasidagi dalillar qo'shimcha qilingan. Biz esa ushbu xatni o'zgartirishsiz sizga taqdim etamiz:

 "Men Osiyodagi bukmeykerlik kompaniyasining (188bet) rasmiy o'yinlar inspektoriman. Kompaniyamiz tekshiruvlaridan so'ng, o'zbek futbolidagi eng katta muammoni aniqladim ("Lokomotiv" klubi kelishilgan o'yinlarda qatnashgan). Bu 100% aniq malumot.

Biz ushbu holat bo'yicha barcha dalillarni olamiz. Marhamat tekshiring: 

1. 10 avgust, 2022 yil. AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi.

2. 17 iyun, 2022 yil. "Lokomotiv" - "So'g'diyona" uchrashuvi.

3. Pul tikilayotgan vaziyat suratlari

4. O'yinchining pul tikayotgan videosi.

5. Barcha qatnashuvchilarning video yozuvlari.

100% muammo "Lokomotiv" klubida. O'yinchilar va o'rtakashlardan olingan so'rovlar natijasida har bir klubdan beshtadan o'yinchi kelishilgan o'yinlarda qatnashgani malum bo'ladi. Biz so'nggi tekshiruvlardan so'ng ushbu holatdagi barcha tranzakcion yozuvlar, guruhdagi yozuvlar, suratlar, o'yinchilar qancha miqdorda pul tikkanlari haqidagi malumotlarni olishga muvaffaq bo'ldik. Bundan tashqari o'sha kelishilgan o'yinlar payti yuz bergan g'ayritabiiy pul tikishlarni ham aniqladik. G'ayritabiiy pul tikishlar aniqlanganda bukmeykerlik kompaniyalari ushbu o'yinni bloklaydi va pul tikayotganlarni jiddiy ogohlantiradi. 

Biz bundanda ko'proq dalillarni FIFA uchun to'playmiz. Bundan tashqari, O'zbekiston hukumati, amaldorlar, jurnalistlar, policiya, o'yinchilar, klub prezidentlari va murabbiylarni ushbu holatni o'rganishga chaqirib qolamiz. Bizning kompaniya bu holatni butun dunyoga namoyish qiladi. Biz O'zbekiston hukumatiga ham bu xatni jo'natamiz.", - xat tugadi.

SHu bilan birga, xat muallifi haqiqatdan ham kelishilgan o'yin bo'lganini isbotlovchi bir necha suratlarni dalil sifatida jo'natgan:

1-surat. Ushbu skrinshotda Kaxi Maxaradzeni ikki kishi bilan videoqo'ng'iroq orqali suhbatlashayotganini ko'rishingiz mumkin:


2-surat. Suratda "Lokomotiv" - "So'g'diyona" o'yiniga pul tikish jarayoni. (pastda)

A: Juda iflos

A:  Jin ursin

B: ??

B: Ishlaymizmi? Yo'qmi?

B: Do'stim

B: Agar ishlasak ishlaymiz de, aks holda gapni cho'zma.

B: Men yigitlarga signal berishim kerak.


3-surat. Yuqoridagi suhbatning davomi (pastda)

A: Kutib tur, men pul tikyapman

B: ??? Ishlaymizmi?

A: Ha, ishlaymiz.

B: Ok

A: Signalimni kut

B: Ha sms orqali signal ber

B: Do'stim, tezroq bo'laqol. Hozir u erda tanaffus bo'ladi. Men unga sms yuborishim kerak, u bu smsni ko'radi va ishga kirishadi.

A: Ok

B: Ishlaymiza?


4-surat. Bu suratda TONI, Kakhi- va E K nomli qahramonlarning o'z guruhlaridagi suhbati aks etgan.

Kakhi: Ovozli xabar

E K: Do'stim, ular sakkiz daqiqadan so'ng ishlashni boshlashdi. Hozir barcha o'yinchilar jazavaga tushishgan va sardor Kaxidan pul so'rashmoqda. SHu bilan birga ular butun mavsum ishlashmoqchi. Sababi, klubda pul bor. 

TONI: Do'stim, bu erdagi o'yinchilar mendan pul so'rashmoqda. Ularga nima deb javob beray?



Yuqoridagi xat muallifi tilga olgan o'yinlarga nazar solsak, juda g'alati holatga ko'zimiz tushadi. 

Buni qarangki, 17 iyun kuni o'tkazilgan "Lokomotiv" - "So'g'diyona"  (0:1) o'yinining 53-daqiqasida Kaxi Maxaradze SHohruz Norxonovning oyog'ini ataylab bosib oladi va juda g'ayritabiiy tarzda qizil kartochka oladi. Qiziq tomoni, yuqoridagi yozishmalarda E K ismli shaxs tanaffusdan sakkiz daqiqa o'tib yigitlar ishga kirishganlarini malum qilgan, yani 53-daqiqada.

Kaxi Maxaradze qizil kartochka olgan vaziyat


Ikkinchi o'yinda esa "Lokomotiv" - AGMKga 4:0 hisobida mag'lub bo'ladi


SHuni qayd etish joizki, ushbu xat futbol ommasidagi juda ko'p tashkilotlar jo'natilgan. Jumladan O'zPFL, O'FA, "Lokomotiv", AGMK, "So'g'diyona" klublariga ushbu xat jo'natilgan. Xattoki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatiga ham bu xat jo'natilgan.  Yani hozir siz ko'rgan xat barcha tegishli joylarga etib borgan.

Xatto bu xat Xavi Ernandesga ham yuborilgan, OFKga ham. Yana ko'plarga. Rostdan ham Kaxi Maxaradze shu ishni qilganmi? Javob ha bo'lsa, unda uning bir o'zi bu ishlarni qilmagan, "Lokomotiv" ham bu kabi ishlarga aralashgan yagona klub emas. Demak, o'zbek futbolini chindan tozalash payti keldi. Buyog'i endi O'FA rahbari Abdusalom Azizovga bog'liq. Aftidan arqon uzun tashlangan. 

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика