Rasman: "Andijon" "Lokomotiv" posboni bilan shartnoma imzoladi
04 dek 2025 20:32
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" "Lokomotiv" posboni bilan shartnoma imzoladi
“Andijon” klubi selekciya jarayonidagi yana bir transferini ajoyib darvozabon - Rahimjon Davronov orqali amalga oshirdi.
Mavsumni “Lokomotiv” tarkibida o'tkazib Superligaga chiqishida katta hissa qo'shgan posbon jamoamiz bilan kelishuvga erishdi.
Malumot uchun, 1996 yiling 3 oktyabr sanasida Muborakda tavallud topgan. Faoliyatini “Mashal”da boshlagan. So'ngra “Buxoro”, “Navbahor”, “Turon”, “Metallurg” hamda “Lokomotiv” darvozalarini qo'riqlagan. U joriy mavsumda “Loko” safida 23 ta o'yin o'tkazdi.
O'z vaqtida O'zbekiston U-23 termasi safida Osiyo chempionligiga sazovor bo'lgan.
Yangi mavsumda Davronovning “Andijon”dagi faoliyatiga omad tilaymiz.
Rahimjon, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar