"Liverpul" afsonasining o'g'illari "Siti"da debyut qildi
25 sen 12:49
Yangiliklar


"Liverpul" afsonasining o'g'illari "Siti"da debyut qildi
O'tmishdagi mashhur hujumchi Emil Xeskining ikki o'g'li – Jeyden va Reygan "Manchester Siti" safida debyutini nishonladi.
Bu 24 sentyabr, chorshanba kuni Liga Kubogi doirasidagi "Xaddersfild Taun"ga qarshi o'yinda (2:0) yuz berdi.
19 yoshli yarim himoyachi Jeyden 2:0 paytida – 76-daqiqada Niko O'Rayli o'rniga maydonga tushdi. 17 yoshli vinger Reygan Xeski 83-daqiqada o'yindagi ikkinchi gol muallifi Savino o'rniga tushirildi.
Qizig'i, Emil Xeski hech qachon "Manchester Siti"da o'ynamagan. U 2000-2004 yillarda "Liverpul"da shuhrat qozongan. Shuningdek, "Lester", "Birmingem", "Uigan", "Aston Villa", "Nyukasl Jets" va "Bolton Uonderers" kabi jamoalarda to'p tepgan. 1999 yildan 2010 yilgacha Angliya terma jamoasi safida 62 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Liga Kubogi 4-bosqichida "Suonsi" maydoniga safar uyushtiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar