So’nggi yangiliklar

19:45Аллегри Суперкубок ярим финали ҳақида: "Наполи" мағлубиятлардан сўнг ғазабда. Конте қийин пайтларда ўйинчиларнинг бор кучини кўрсата олади"  0 19:35Мирзаҳаким Тўхтамирзаев: "Николай Озеров — мен учун андоза"  2 19:22"Нефтчи" мураббийлар штабида аргентиналик мутахассис иш бошлади  12 19:13ФИФА ЖЧ-2026 иштирокчилари ўртасида рекорд даражадаги пулни тақсимлайди. Ўзбекистон терма жамоаси қанча олади?  4 18:43Араухо қачон сафга қайтиши маълум бўлди  0 18:12Жозе Моуринью: "Матбуот билан мулоқот – ўйинчиларга гап уқтиришнинг бир усули. Мен уларга ҳам журналистларга айтган гапимни айтаман"  0 17:17Левандовски ёзда эркин агент сифатида МЛС жамоасига ўтиши мумкин  0 16:56"Реал" ТВ Лапортанинг Негрейрани танимаслиги ҳақидаги сўзларига жавобан: "Эслатиб ўтамиз, судда ёлғон гапириш – бу жиноят"  7 16:25Адейеми хотини сабаб "Боруссия"дан кетиши мумкин. Хип-хоп ижрочи Лоредана Дортмундда эмас, Европа мегаполисида яшашни хоҳламоқда  8 15:38Моуринью психологик ҳийлалар ҳақида: "Мен вақти-вақти билан гапирадиган бемаъни гапларим билан эмас, титулларим билан машҳурман"  5 15:01Нигерия ЖЧ саралашидаги мағлубиятдан сўнг Конго ДР устидан ФИФАга шикоят қилди. Баъзи конголик футболчиларда Европа паспортлари бор, бу эса мамлакат қонунчилигида тақиқланган  11 14:32CTA "Алавес" билан ўйиндаги Винисиус вазиятида VAR қарорини қўллаб-қувватлади  2 13:58Ибрагимовичнинг ўғли "Милан"нинг Италия Суперкубоги учун қайдномасидан жой олди  2 13:14Ўзбекистон миллий футзал терма жамоаси Бухородаги йиғинни давом эттирмоқда  3 13:11Суперлига–2025. Эксперт хулосаси: "Насаф" селекцияда ютқазди, "Нефтчи" эса кутилмаларни оқлади  2

Levchenko: "Paxtakor" nima qildi? Faqat himoyalandi-ku" Yangiliklar

Levchenko: "Paxtakor" nima qildi? Faqat himoyalandi-ku"

Superliga 21-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Neftchi" (2:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa bugun munosib himoyalandi va hisobni saqlab qola oldi", - dedi Vitaliy Levchenko mag'lubiyatdan so'ng.


- Har doim 3-5-2 sxemasida o'ynaysiz. "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng ko'proq hujumchilarni maydonga tushirish to'g'ri bo'lmasmidi yoki sxemani o'zgartirish kerakmidi...

- Shu holatimizda ham "Paxtakor" tezkor qarshi hujumlarga qochib keta oldi. Agar yanada ochilganimizda darvozamiz oldidagi xavf yana ortib borardi. Raqibimiz tarkibidagi futbolchilarning mahoratini hisob olgan holda o'ynadik. Futbolni insonlar o'ynashadi va ayrim vaziyatlarda kimdir to'pga yugura olmay qolishi yoki vaziyat oxirigacha o'ynamasligi mumkin. Salbiy natija ham natija hisoblanadi.

- "Paxtakor" safidagi 8-9 nafar terma jamoasida safida edi. Shu sababli "Neftchi" futbolchilari bugun jismoniy jihat bo'yicha ustunroq bo'lishi kerak edi. Lekin "Paxtakor" futbolchilari hech qaysi bir yakkakurashda mag'lub bo'lganini ko'rmadim.

- "Neftchi"da necha nafar terma jamoaga chaqirilganlar bor ekan?

- Kojo ertaroq qaytdi. Keyin Iskanderov. "Paxtakor"da bo'lsa 10 nafar futbolchi terma jamoada edi.

- "Neftchi"da bo'lsa 7 futbolchi. "Neftchi" futbolchilari bugun yorqin o'ynaganini ko'rdingizmi? Men ko'rmadim, sababi terma jamoada kimdir o'ynadi, kimdir esa zaxirada o'tirdi.

- Demak, jismoniy jihat ikki jamoada ham deyarli teng edi, shundaymi?

- Bugun "Paxtakor" nima qilganini ko'rdingizmi? Necha nafar futbolchi maydonda yotdi.

- "Paxtakor" bir kishi kam edi va futbolchilar vaqtni cho'zishi bu futboldagi barchaga tanish bo'lgan ayyorlik. Agar "Neftchi" bir kishi kam bo'lganida, xuddi shunday yo'l tutgan bo'lardi. Xo'p, "Paxtakor" futbolchilari yotib, vaqtni cho'zdi desak ham. Asosiy vaqt yakuniga etganda hakam o'yinga qo'shimcha daqiqalar qo'shib berdiku.

- Biz "Nasaf"ga qarshi o'ynaganimizda bosh hakam 11 daqiqa vaqt qo'shib berdi. Bugun esa hakam necha daqiqa qo'shdi? Jismoniy holat nima degani? "Paxtakor" nima qildi? "Paxtakor" faqat himoyalandi-ku. "Paxtakor" individual jihatdan kuchli futbolchilar bor. Bu jismoniy jihat emas.

- "Neftchi"da ham bunday mahoratli futbolchilar bor-ku. Yovovich, Iskanderov, Kojo, Aliboev va boshqa mega futbolchilar...

- Ammo, bu futbolchilar ajoyib jamoa shakllandi deganini emas-ku. Futbolda "yulduz" futbolchilar bor va "yulduz" jamoalar bor. "Yulduz" futbolchilar maydonga deyarli yugurishmaydi. Shunday "yulduzlar"ni nima qilish kerak?

- Buning uchun zaxira degan joy bor. Zaxirada o'tirib ko'rsin, bir yoki ikkita o'yin. Masalan, Kojo bo'lmasa Nimeli bor.

- Nimelida jarohat bor. Bilmasdan gapirmang.

- Xo'p. Vitaliy Grigorevich, men shuni aytmoqchimanki, "Neftchi" juda kuchli tarkibga ega va zaxira o'rindig'i ham shunday.

- "Paxtakor"ning tarkibi-chi? Kuchsizmi? O'zingiz nechta futbolchi terma jamoaga chaqirilganini aytdingiz-ku. Birinchi gol qanday urilganini ko'rdingizmi? Standart vaziyatda kim yugurmaganini-chi?

- O'sha vaziyatda jussasi kichikroq bo'lgan Ibrohimhalil Yuldoshev bor edi.

- Turg'unboevchi? Bo'yi baland futbolchimi?

- Turg'unboev shu bo'yi bilan Avstraliya darvozasini ishg'ol etgan.

- Farqi yo'q. Vaziyat oxirigacha o'ynab qo'yish kerak. Javob shu.

- Lekin jamoangizda ham bo'ydor bo'lmagan Aliboev gol urdi.

- Futbolda koncentraciya, xohish va harakat degan tushunchalar bor. Mana shunday standart vaziyatlarda oxirigacha harakat qilish kerak.

- Ikkinchi bo'limda "Neftchi"da ikkita yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo ular ham ko'kka sovurildi.

- Hozir bir nima deyish qiyin. O'yinni tahlil qilib chiqqanimizdan so'ng bir xulosaga kelish mumkin bo'ladi.

- Hozirgina futbolda xohish va istak bo'lishi kerak dedingiz. Demak, bugun "Neftchi"da g'alaba qozonish uchun ishtiyoq kamroq edimi?

- Barcha futbolchilarda emas. Ayrim futbolchilar borini berishdi. Futbolda ishtiyoqi bor jamoa g'alaba qozonib ketadi.

- Futbolchilarni o'yinga 100% qilib tayyorlash murabbiyning vazifasi emasmi? Hozir bu futbolchi tayyor emas edi deyapsiz...

- Yana bir bor aytaman. Futbolda nyuanslar bor. Ushbu nyuanslardan xabardor bo'lish uchun jamoa ichida bo'lish kerak. Masalan, futbolchi terma jamoa yig'inidan qaytib keldi. Unga asosiy tarkibdan o'rin berasizmi?

- Ha, agar jarohati bo'lmasa va holati yaxshi bo'lsa.

- U mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etdi, ammo o'yin vaqti esa yaxshi harakatlanmadi.

- Uni zaxiraga olish talab etildi.

- Shunday qildim-ku.

- O'yindan oldin Tojikiston terma jamoasini boshqarishingiz mumkin ekanligi haqida xabarlar tarqaldi...

- Bu savolga javob bermayman.

- "Neftchi"ni oldinda qiyin raqiblarga qarshi o'yin kutib turibdi. "Dinamo", "Andijon" va OKMK. Zich taqvimga qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisiz?

- Faqat mehnat orqali. Faqatgina mehnat va qurbonlik orqali. Talab qilinayotgan narsalarni bajarish va borini berish. Hozir yugurmasdan futbol o'ynasa bo'ladigan davr emas. U vaqtlar o'tib ketdi.

- Ikki jamoada ham terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar bor ekan. Lekin "Paxtakor"dagi terma jamoaga chaqirilgan Turg'unboev va Sergeevlar gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi. Demak, bugungi uchrashuvda "Neftchi" tarkibidagi terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar raqib tarkibidagi xuddi shunday futbolchilardan yomonroq o'ynadimi?

- Mag'lub bo'lganingda har doim nimadir etishmagan bo'ladi. Futbol xatolardan iborat. Kamroq xato qilgan jamoa g'alaba qozonadi. Shu sababli "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman.

Reyting: -13   

Fikrlar

   
27 sen 11:54:28
Sherzod
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Фахриддин деганими бухоролик
Худди ўша тўрткўз
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика