Nigeriya JCH saralashidagi mag'lubiyatdan so'ng Kongo DR ustidan FIFAga shikoyat qildi. Bazi kongolik futbolchilarda Evropa pasportlari bor, bu esa mamlakat qonunchiligida taqiqlangan
17 dek 15:01
Yangiliklar
Nigeriya JCH saralashidagi mag'lubiyatdan so'ng Kongo DR ustidan FIFAga shikoyat qildi. Bazi kongolik futbolchilarda Evropa pasportlari bor, bu esa mamlakat qonunchiligida taqiqlangan
Nigeriya futbol federaciyasi Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi tarkibi yuzasidan FIFAga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.
Avvalroq Nigeriya terma jamoasi Afrika kvalifikaciyasining 3-bosqichida Kongo DR terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazib, JCH-2026 ga chiqish imkoniyatini yo'qotgan edi. Kongoliklar qitalararo o'tish o'yinlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar.
"ESPN" xabariga ko'ra, Nigeriya futbol federaciyasi JCH saralashida o'ynagan Kongo DR terma jamoasining qo'sh fuqarolikka ega bo'lgan bir necha futbolchisi ustidan FIFAga shikoyat qilgan. Shikoyatda Evropa davlatlarida tug'ilgan olti nafardan to'qqiz nafargacha futbolchi Kongo DR sharafini himoya qilish huquqiga ega bo'lmagani, chunki ular qonunchilikka muvofiq Evropa pasportlaridan voz kechish tartibidan o'tmagani takidlangan.
"Kongo DR qonunlariga ko'ra, qo'sh fuqarolikka ega bo'lish mumkin emas. Ularning terma jamoasi o'yinchilaridan ko'pchiligida Evropa pasportlari bor – kimdadir Franciya, kimdadir Niderlandiya pasporti. Qoidalar juda aniq. Biz hozir hech narsa deyolmaymiz, lekin FIFAga protest bildirdik. O'z fuqaroligini bor-yo'g'i uch oy ichida olgan o'yinchilar bor. Biz buni reglament buzilishi deb hisoblaymiz.
FIFA qoidalari Kongo DR qonunlaridan farq qiladi, shuning uchun FIFA ularning ishtirokini maqullagan. FIFA qoidalariga ko'ra, agar sizda mamlakatingiz pasporti bo'lsa, musobaqalarda qatnashish huquqiga egasiz. Ammo biz FIFA aldanganini takidlamoqdamiz, chunki Kongo DR qonunlariga rioya etilishini nazorat qilish ularning vazifasiga kirmaydi. FIFA o'z qoidalariga amal qiladi va aynan FIFAga taqdim etilgan hujjatlar asosida ular futbolchilarning Evropa sport fuqaroligini bekor qilishgan. Biz buni firibgarlik deb hisoblaymiz", – dedi Nigeriya futbol federaciyasi (NFF) bosh kotibi Muhammed Sanusi.
Nigeriyaning shikoyati bo'yicha qaror mart oyida bo'lib o'tadigan qitalararo pley-off o'yinlari boshlanguniga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kongo DR pley-off bahslarida g'alaba qozonsa, JCH-2026 guruh bosqichida O'zbekiston terma jamoasiga raqib bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar