So’nggi yangiliklar

15:38Моуринью психологик ҳийлалар ҳақида: "Мен вақти-вақти билан гапирадиган бемаъни гапларим билан эмас, титулларим билан машҳурман"  1 15:01Нигерия ЖЧ саралашидаги мағлубиятдан сўнг Конго ДР устидан ФИФАга шикоят қилди. Баъзи конголик футболчиларда Европа паспортлари бор, бу эса мамлакат қонунчилигида тақиқланган  9 14:32CTA "Алавес" билан ўйиндаги Винисиус вазиятида VAR қарорини қўллаб-қувватлади  0 13:58Ибрагимовичнинг ўғли "Милан"нинг Италия Суперкубоги учун қайдномасидан жой олди  1 13:14Ўзбекистон миллий футзал терма жамоаси Бухородаги йиғинни давом эттирмоқда  3 13:11Суперлига–2025. Эксперт хулосаси: "Насаф" селекцияда ютқазди, "Нефтчи" эса кутилмаларни оқлади  0 12:48Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди  20 12:25Луис Суарес футболчилик фаолиятидаги сўнгги мавсумни қаерда ўтказади?  7 11:46Қувондиқ Рўзиев "Навбаҳор"га қайтди  2 11:25Трамп Кот-д’Ивуар ва Сенегал фуқароларининг АҚШга киришини чеклади. Уларнинг терма жамоалари ЖЧ-2026да ўйнайди  2 10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   3 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  2 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  4 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  5 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  4

CTA "Alaves" bilan o'yindagi Vinisius vaziyatida VAR qarorini qo'llab-quvvatladi Yangiliklar

CTA "Alaves" bilan o'yindagi Vinisius vaziyatida VAR qarorini qo'llab-quvvatladi

Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) Texnik hakamlar qo'mitasi (CTA) "Real" va "Alaves" o'yinidagi bahsli vaziyat bo'yicha hakamlar qarorini qo'llab-quvvatladi.

"Madrid" yakshanba kuni La Liganing 16-turi doirasida safarda "Alaves"ni mag'lub etdi (2:1). Ikkinchi bo'lim so'ngida Nauel Tenalya bilan to'qnashuv oqibatida Vinisius raqib jarima maydonchasi ichida yiqilganida "Real" foydasiga penalti belgilanmadi. Uchrashuvni Viktor Garsiya Verdura boshqarib bordi, VAR uchun Pablo Gonsales Fuertes javobgar edi.

CTA Gonsales Fuertesning takroriy lavhani ko'rish va "qaymoqranglilar" foydasiga penalti belgilash ehtimolini ko'rib chiqish uchun Garsiya Verdurani monitor oldiga chaqirmaslik haqidagi qarorini to'g'ri deb topdi.

"12-qoidada aytilishicha, follar o'yinchi o'ylamasdan, ehtiyotsizlik bilan harakat qilganda yoki haddan tashqari kuch ishlatganda qayd etiladi. Kontaktlarni talqin qilish harakat intensivligiga (kuchiga) bog'liq va uni har doim ham obektiv o'lchab bo'lmaydi.

Bu hakamning qabul qilishiga bog'liq. Kontakt o'yinchining yiqilishiga sabab bo'lganmi yoki yo'qligini aniqlash – hakam maydonda ko'rgan va jonli ravishda baholagan holatlari asosida talqin qilishi kerak bo'lgan masaladir.

CTA hisoblashicha, bu epizod hakam tomonidan talqin qilinishi kerak, chunki hammasi kontakt kuchiga bog'liq, shuning uchun VAR aralashmasligi kerak, negaki bu yaqqol va aniq xato emas", – deyiladi hakamlar qo'mitasi tahlilida.

Qo'mita aniq va ravshan bo'lmagan, "turlicha talqin qilishga yo'l qo'yadigan vaziyatlarda izchillikni taminlash uchun" hakam qarorini qo'llash muhimligini takidladi.

Taqqoslash uchun CTA "Selta" – "Atletik" (2:0) uchrashuvidagi VAR hakami Daniel Truxilo Suaresga Serxio Karreyra va Inyaki Uilyams ishtirokidagi epizodga aralashgani uchun hayfsan berilganini misol qilib keltirdi. Uchrashuv bosh hakami Alexandro Ernandes Ernandes harakatni jazoga loyiq emas deb topgan, ammo Truxilo Suares uni monitor oldiga chaqirgan edi.

Tenalyaning Vinisiusga nisbatan va Karreyraning Uilyamsga qarshi harakatlari deyarli bir xil deb topildi, shu sababli birinchi holatda VAR hakami bosh hakamni chaqirmay to'g'ri qilgan, ikkinchi holatda esa – xato qilgan deb hisoblandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика