Arauxo qachon safga qaytishi malum bo'ldi
17 dek 2025 18:43
Yangiliklar
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Rojdestvo tatilidan so'ng safga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Arauxo psixologik muammolar tufayli tiklanish uchun vaqt so'ragan va Quddusdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishni maqsad qilgan edi. Urugvaylik futbolchi so'nggi bor maydonga 25 noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasidagi «Chelsi»ga qarshi o'yinda (0:3) tushgandi.
"Marca" xabariga ko'ra, Arauxo 29 dekabr kuni "Barselona"ning qolgan futbolchilari bilan birga mashg'ulotlarga qaytadi va Rojdestvo tatilidan keyingi ilk uchrashuvda – 3 yanvar kuni "Espanol"ga qarshi o'ynashni rejalashtirmoqda.
Himoyachi bayramni Urugvayda oilasi bilan o'tkazishni rejalashtirgan, bu ham uning tiklanishiga yordam berishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar