O'zbekiston milliy futzal terma jamoasi Buxorodagi yig'inni davom ettirmoqda
17 dek 13:14
Yangiliklar
O'zbekiston milliy futzal terma jamoasi Buxorodagi yig'inni davom ettirmoqda
Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan ushbu yig'inda Nodir Eliboev boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini yanada yaxshilash, o'yinchilar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishlarni mustahkamlash hamda turli taktik va strategik yo'nalishlar bo'yicha mashg'ulotlar olib bormoqda. Yuqoridagi suratlarda kechagi mashg'ulot jarayoni aks etgan.
Eslatib o'tamiz, Buxorodagi yig'in doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Rossiya terma jamoasining bugun erta tongda Buxoro shahriga etib kelgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlaridan birinchisi 19-dekabr kuni soat 17:00 da “Universal” sport majmuasida bo'lib o'tadi va muxlislar uchun ochiq tarzda tashkil etiladi. Shu munosabat bilan barcha buxorolik futzal ishqibozlarini hamda shahar mehmonlarini ushbu qiziqarli xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini jonli tomosha qilish va milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun “Universal” sport majmuasiga chorlab qolamiz.
Sport majmuasiga kirish mutlaqo bepul.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar