Ibragimovichning o'g'li "Milan"ning Italiya Superkubogi uchun qaydnomasidan joy oldi
17 dek 2025 13:58
Yangiliklar
Ibragimovichning o'g'li "Milan"ning Italiya Superkubogi uchun qaydnomasidan joy oldi
"Milan" Zlatan Ibragimovichning o'g'lini Italiya Superkubogi uchun qaydnomaga kiritdi.
Zlatan Ibragimovichning o'g'li Maksimilian "Milan" safida Italiya Superkubogida maydonga tushishi mumkin.
"Rossonerilar" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 19 yoshli Maksimilian Ibragimovichni turnir uchun jamoa qaydnomasiga kiritdi. Bundan tashqari, tarkibdan "Milan Futuro" azolari — 20 yoshli Matteo Dutu va 17 yoshli Valeriy Vladimirov, shuningdek, yoshlar jamoasidan 18 yoshli Emanuele Sala va 17 yoshli Emanuele Borsani ham o'rin olgan.
Jarohat olgan Santyago Ximenes va Matteo Gabbiya jamoa bilan Saudiya Arabistoniga bormaydi.
Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan" "Napoli" bilan kuch sinashadi – uchrashuv 18 dekabr, payshanba kuni bo'lib o'tadi. Final esa dushanba, 22 dekabr kuniga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar