FIFA JCH-2026 ishtirokchilari o'rtasida rekord darajadagi pulni taqsimlaydi. O'zbekiston terma jamoasi qancha oladi?
17 dek 20:21
Yangiliklar
FIFA JCH-2026 ishtirokchilari o'rtasida rekord darajadagi pulni taqsimlaydi. O'zbekiston terma jamoasi qancha oladi?
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, FIFA Kengashi 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazish uchun rekord darajadagi 727 million dollar ajratdi – bu Qatardagi JCH-2022 ga nisbatan 50 foizga ko'p. Ushbu summa ishtirokchi azo-associaciyalar o'rtasida taqsimlanadi, bunda 655 mln dollar turnirning mukofot jamg'armasini tashkil etadi.
JCH-2026 g'olibi 50 million dollar miqdorida mukofot puli oladi, finalchiga 33 mln dollar to'lanadi. Bronza medali sohibi 29 mln dollar ishlab topsa, 4-o'rinni egallagan jamoa – 27 mln dollar oladi.
Chorak finalchilarga 19 mln dollardan, 1/8 final ishtirokchilariga 15 mln dollardan, 1/16 finalga chiqqanlarga – 11 mln dollardan beriladi. Guruh bosqichidan chiqib ketgan ishtirokchilar 9 million dollardan olishadi.
Bundan tashqari, JCH-2026 ning har bir ishtirokchisi tayyorgarlik xarajatlarini qoplash uchun 1,5 mln dollardan oladi. Shu tariqa, turnirdagi ishtirok uchun har bir associaciya kamida 10,5 mln dollar ishlab oladi.
Shunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026dagi ishtiroki uchun kamida 10,5 mln. dollar oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar