"Leganes" bosh direktori: "Breytueyt borasida muzokara o'tkazishni istamagandik. Klubga katta zarar etkazildi"
20 fev 2020 16:42
Yangiliklar
"Leganes" bosh direktori: "Breytueyt borasida muzokara o'tkazishni istamagandik. Klubga katta zarar etkazildi"
"Leganes" bosh direktori Martin Ortega forvard Martin Breytueytning "Barselona"ga o'tishi borasida bayonot berdi.
Kataloniya klubi hujumchisi Usmon Dembele uzoq muddatga safdan chiqqani uchun klubga transfer amalga oshirishga ruxsat berildi. "Barsa" shartnomadagi tovon pulini to'lab, Breytueytni sotib oldi.
"Klubimiz muzokara o'tkazishni istamayotgandi. Bizga katta zarar etkazildi. Futbolchisi jarohat olgan klub, transferni bir tomonlama hal qilib, muammoni boshqa klub hisobida hal qilishini hazm qila olmaymiz.
Bunday vaziyatda ikki klub roziligi kerak bo'lganida hammasini tushunar edik, ammo hozirgi holat klublar o'rtasidagi tenglik qoidasiga to'g'ri kelmaydi. Bu vaziyatda barcha qurollarimizni ishga solishga majburmiz.
Ayni damdagi normalar adolatli emas. "Barselona" bundan yutmoqda, "Leganes" esa zarar ko'rdi.
Futbolchiga minnatdorchilik bildirmoqchimiz, u klubni tark etgunicha o'zini professionaldek tutdi. Unga omad tilaymiz" - deydi "Leganes",
O’xshash yangiliklar
10:10
Lamin Yamal "Real"ga qarshi o'yindan so'ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga o'zgartirish kiritdi 14
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar