So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  37 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  174 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Lazizbek Mirzaev "Leganes"ga o'tdimi yoki "Leganes B"? Yangiliklar

Lazizbek Mirzaev "Leganes"ga o'tdimi yoki "Leganes B"?

Xabaringiz bor, o'zbekistonlik yarim himoyachi Lazizbek Mirzaev Ispaniyaning "Leganes" klubiga ko'chib o'tdi.

Kuni kecha futbolchi yangi klubi ixtiyoriga borib qo'shildi. Ko'pchilikda Mirzaev "Leganes B"ga o'tdimi degan savollar paydo bo'lmoqda. Biz futbolchining huquqini himoya qiluvchi "Football Group" agentligiga shu savol bilan yuzlandik.

"Lazizbek Mirzaev Ispaniyaning "Leganes" klubi bilan shartnoma tuzgan. SHartnomada "Leganes B" "Leganes S" degan narsalar yo'q, futbolchi "Leganes" klubiga tegishli. 18 yoshli futbolchi dastlabki oylarni "Leganes"ning U-19 jamoasi tarkibida o'tkazadi. Bu yosh futolchilarning klubga moslashishi uchun juda ham zarur. Mirzaev 18 yoshida darhol La ligada o'ynab ketmasligini ko'pchilik yaxshi tushunib turibdi. Klub murabbiylari jamoaga kelgan braziliyalik yoki argentinalik futbolchilarni ham dastlab yoshlar jamoalarida maydonga tushirishadi, shundan keyin asosiy jamoaga qo'shishadi.

"Leganes B" Ispaniya to'rtinchi ligasida ishtirok etadi va bu jamoa saviyasi "Leganes" U-19'dan pastroq. Sababi U-19 jamoasi "Real", "Barselona" va "Atletiko" kabi klublarning U-19 jamoalariga qarshi o'ynaydi. Yani saviya 4-ligadan ancha baland. Bundan tashqari Mirzaev O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etishi kerak. SHu sabab ham futbolchi har hafta to'laqonli o'yin amaliyotiga ega bo'lishi juda ham zarur", - deb javob berdi "Football Group" agentligi xodimi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика