Toni Kroos terma jamoaga qaytishi mumkin
19 dek 2023 09:32
Yangiliklar
Toni Kroos terma jamoaga qaytishi mumkin
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kroos ikki yillik tanaffusdan so'ng yana termaga qaytishi mumkin.
“Real Madrid” yarim himoyachisi Germaniya terma jamoasiga qaytish va Evro-2024da o'ynash haqida jiddiy o'ylamoqda, deb xabar beradi Bild jurnalisti Kristian Falk.
Toni Kroos 2021 yilda bo'lib o'tgan Evropa chempionatidagi omadsiz ishtirokdan so'ng “nemis mashinasi”dagi faoliyati yakunlanganini elon qilgandi.
La Liganing joriy mavsumida 33 yoshli futbolchi 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar