Jeyms Milner APLda Rayan Giggzning rekordini yangiladi
23 jan 2024 14:08
Yangiliklar
Jeyms Milner APLda Rayan Giggzning rekordini yangiladi
"Brayton" yarim himoyachisi Jeyms Milner Angliya Premer-Ligasidagi o'yinlar soni bo'yicha 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
APL 21-turi doirasidagi "Vulverxempton" bilan bellashuv (0:0) Milner uchun musobaqadagi 633-o'yin bo'ldi. Bu borada u Rayan Giggzni (632) ortda qoldirdi. Mutloq rekordchi esa Garet Berri hisoblanadi va uning hisobida 653 bellashuv bor.
38 yoshli xavbek APLda 2002 yil noyabrida debyut qilgan. O'shanda u "Lids Yunayted" safida "Vest Xem"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan va musobaqaning (o'sha vaqtda maydonga tushgan) eng yosh futbolchisiga aylangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar