So’nggi yangiliklar

14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  0 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  4 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4

Jekson Irvayn: "O'zbekistonning hozirgi tarkibi biz Osiyo kubogi-2019da to'qnash kelgan tarkibdan kuchliroq" Yangiliklar

Jekson Irvayn: "O'zbekistonning hozirgi tarkibi biz Osiyo kubogi-2019da to'qnash kelgan tarkibdan kuchliroq"

Avstraliya terma jamoasi futbolchisi va Osiyo kubogi to'purarlaridan biri Jekson Irvayn championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Salom Jekson. Jamoang keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman. Avstraliyaning musobaqadagi maqsadlari qanday?

- Bizning asosiy missiyamiz iloji boricha uzoqroqda borish. Bir necha yil avval ushbu musobaqada chempion bo'lgan edik. Yana bir bor o'sha ishni takrorlashni maqsad qilganmiz. Endigina ikkinchi uchrashuvni o'tkazdik. Buyog'iga raqiblar qiyinlashib boraveradi.

- Avstraliya terma jamoasidan tashqari yana qaysi terma jamoalar ushbu musobaqada g'olib bo'lish uchun davogar sening fikringcha?

- Osiyoda mintaqasida Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Saudiya Arabistoni kabi katta jamoalar bor. Ushbu musobaqada g'olib bo'lish uchun ularni mag'lub etishimiz kerak.

- Guruh bosqichidagi so'ngi uchrashuv O'zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadi. Keyingi raqib haqida nimalar deya olasan?

- O'zbekiston terma jamoasi bilan 2019 yilgi Osiyo kubogida ham to'qnash kelgan edik. Juda qiyin uchrashuv bo'lgandi, 120 daqiqa va penaltilar seriyasi. Hozirgi kunda O'zbekiston terma jamoasining tarkibi yanada kuchaygan. Jamoangizda texnik va jismoniy taraflama kuchli avlod etishib chiqdi. O'zbekistonga qarshi uchrashuv Suriya va Hindistonga qarshi kechgan uchrashuvlardan ancha qiyinroq bo'lishi aniq.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика