So’nggi yangiliklar

14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  0 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  1 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  5 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  6 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  4 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  10 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  23 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  3 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  16

O'zbekiston Avstraliyani 4:0 hisobida yutganini bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekiston Avstraliyani 4:0 hisobida yutganini bilasizmi?

Ayni paytda O'zbekiston o'smirlari Qatarda o'tayotgan U-17 mundialda ishtirok etishmoqda.

Biz bugun 2011 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatini yodga olamiz. Aleksey Evstafeev va Ahmadjon Musaev boshchiligidagi o'smirlar terma jamoamiz 2011 yil Meksika yashil maydonlarida o'tgan musobaqada debyutant bo'lishgan. O'smirlar toifasidagi o'sha Jahon chempionati O'zbekiston uchun birinchisi edi. Guruh bosqichida Yangi Zelandiyaga 1:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagan vakillarimiz keyin AQSH va Chexiyani bir xil 2:1 hisoblarida taslim qilib nimchorak finalga chiqishgandi. Ha, o'shanda bu mundialda 24 ta jamoa ishtirok etgandi.

Bu bosqichda bizni Avstraliya kutib turardi. Bir yil avval Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida bu jamoalar yarim finalda to'qnash kelishgan va o'shanda o'smirlarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Meksikadagi to'qnashuvda esa Evstafeev shogirdlarini to'xtatib qolishning imkoni bo'lmadi. Bahs boshlanishini anglatuvchi hushtak chalinganiga 11 daqiqa bo'lib ulgurmay jamoamiz sardori Abbosbek Mahsitaliev hisobni ochgan - 1:0. Birinchi taym oxirida yana bir to'purarimiz Timur Hakimov o'z hisobiga gol yozib qo'yadi - 2:0.

Ikkinchi taym boshida raqib hujumchisi Dilan Tombides maydon markazida Javlon Mirabdullaevga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun perulik bosh hakam Viktor Karrillodan qizil kartochkani qabul qilib oladi va Avstraliya taxminan 30 daqiqa 10 kishi bo'lib o'ynashga majbur bo'ladi. 66-daqiqada Davlatbek Yorbekovning jarima maydoni markaziga uzatgan to'pini avstraliyaliklar sardori Konnor Chapman o'z darvozasiga to'g'rilab qo'yadi - 3:0. Shu gol urilgach, qolgan daqiqalar shunchaki rasmiyatchilik uchun kechishini ikkala jamoa ham tushunib etgandi. 89-daqiqada Jasur Hakimov - Timur Hakimov - Davlatbek Yorbekov kombinaciyasi chiroyli gol bilan tugaydi 4:0! O'sha yil yanvar oyida Qatarda o'tgan Osiyo kubogi yarim finalida Avstraliya bizning jamoani 6:0 hisobida taslim qilgani uchun o'smirlarimiz bu g'alabamiz akalarimiz uchun qasos deb intervyu berishgandi. Aytgancha hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda avstraliyalik Tiboy Kamara yirik mag'lubiyatga chiday olmaydi va ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etadi. Uning ortidan Avstraliya ham uyiga ketadi.

O'zbekiston esa chorak finalda Urugvayga 0:2 hisobida imkoniyatni boy beradi.

Meksika davlati bizning vaqt bilan 10 soatlik tafovutga ega bo'lgani bois O'zbekistonda uchrashuvlar tonggi vaqtda boshlanardi. Biroq shunga qaramay millionlab tomoshabinlar saharlab futbolchilarimizning o'yinlarini ko'rish uchun uyqudan voz kechishgandi. O'sha mundial o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun haqiqiy bayramga aylanib ketgandi.  

O'yinda urilgan gollarni MANA BU ERDA ko'rish mumkin. 


O'ZBEKISTON - Avstraliya - 4:0
30.06.2011. Nimchorak final. Torreon, "Korona" stadioni. 8340 tomoshabin.
Bosh hakam: Viktor Karrillo (Peru)
Gollar: 

1:0 - MAHSITALIEV Abbosbek, 11
2:0 - HAKIMOV Timur, 40
3:0 - CHAPMAN Konnor (avtogol), 66
4:0 - YORBEKOV Davlatbek, 89

O'ZBEKISTON: 12.XOLMURODOV  G'anisher; 3.RAHMONOV Sardor; 5.MANSUROV Asiljon; 6.MAHSITALIEV Abbosbek (15.HAKIMOV Jasurbek, 84); 7.MUROTOV Azizbek; 8.SOBIRXO'JAEV Sardor; 9.XOLMURODOV Xolmurod; 11.HAKIMOV Timur (17.USMONXO'JAEV Diyor, 89); 13.DAVLATOV Bobir (20.YORBEKOV Davlatbek, 22); 14.MIRABDULLAEV Javlon; 18.UBAYDULLAEV Muhsinjon.
Avstraliya: 1.IZZO Pol; 2.MONAKO Jeyk; 3.CHAPMAN Konnor; 4.KING Tom; 5.BRAUN Korey; 7.ESPINDOLA Ernan; 8.KUPER Mitch (19.OKSBORROV Mitchell, 80); 9.TOMBIDES Dilan; 11.REMINGTON Lyuk (15.PROYA Entoni, 55); 17.MELLING Jeykob; 21.VUDKOK Rayli (13.KAMARA Tiboy, 55)
Ogohlantirishlar: BRAUN Korey, 14; YORBEKOV Davlatbek, 30; VUDKOK Rayli, 48; MAXSITALIEV Abbosbek, 65; KAMARA Tiboy, 65
Chetlatishlar: TOMBIDES Dilan, 59; KAMARA Tiboy, 90+1 (2SK).

Reyting: +2   

Fikrlar

   
18 noy 14:14:34
ABZALHUJA
Шу болладан факат Аббосбек Махситалиев бир яркиради. Коган биронтаси бошка футбол оламида куриниш бермади. Бизда болларни тугри йулда тарбиялаш, уларни санатини ушлаб колиш, талантини очиб бериш диган нарсала ишламагн. Кани УФФ шу масалада ишласа, талантларни алохида реестр килиб ,улар билан чуккурок ишлашса яхши буларди.
   
18 noy 14:01:16
Kingsman
Йоши урилганла биланми ???
   
18 noy 13:21:30
Islomiddin Qurbonov
Qani shu o'yinchilar xozir....? Hammasini maqtayverib-maqtayverib yo'q qildilaring...Hozirgilari ham 1- 2 tasi Oliy ligada o'ynaydi.. Keyin yo'q bo'lib ketadi...
   
18 noy 13:17:14
Play Mqrket
Ўзбекистон билан ўйинга Авсралия чарчаб келган. Ўзбекистон 3 кун тўлиқ дам олган. Авсралия 1 кун дам олган. Сабаби уларни охирги ўйини кучли ёмгир ва чақмоқ сабаб бошқа кунга қолдирилганди. Ўзбекистон билан ўйинни яна бир кунга суриш илтимосига ФИФА рози бўлмаган. Шу сабабли чарчаб ўйнаб йирик хисоб бўлган. Шуни хам хисобга олиш керак.
   
18 noy 13:06:37
Барса1970
Шулар йўқолиб қолишди ўзидан юлдуз ясаб олганлар шу пайтда
   
18 noy 12:59:59
Бавария & Ливерпуль
Йўқ катталар 6:0 га ютқазгани эсимда...
-1   
18 noy 13:22:09
Play Mqrket
Об ҳаво сабаб Австралия U 23 ҳам Ўзбекистонга йирик ҳисобда мағлуб бўлган. Тошкентда қишда ўтказилган ўйинда 4-0 бўлган. Ҳаво ўзиям —10 эди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика