"Barselona" homiy bilan hamkorlikdan voz kechdi
01 jan 15:11
Yangiliklar
"Barselona" homiy bilan hamkorlikdan voz kechdi
"Barselona" klubi noyabr oyi o'rtalarida texnologik blokcheyn-hamkori sifatida unchalik taniqli bo'lmagan Zero-Knowledge Proof kompaniyasi bilan kelishuvga erishganini elon qilgandi.
O'shandayoq bu bitim shubhalar uyg'otgan va natijada kataloniyaliklar undan chiqib ketishga majbur bo'ldi.
"La Vanguardia"ning xabar qilishicha, muammolar kelishuv imzolanayotgan paytdayoq aniqlangan. Bitim tuzilgan paytda kompaniyaning X (Twitter) sahifasida 100 nafardan sal ko'proq obunachi bo'lgan, kompaniyaning o'zi esa ofshor sifatida nom chiqargan Samoa davlatida ro'yxatdan o'tgan.
Bir necha kun o'tib, "Barselona" yuristlari shartnomadan chiqish yo'llarini izlay boshlashgan. Keyinchalik esa Zero-Knowledge Proof mojarolar ichida yuradigan bloger Endryu Teyt bilan bog'liq ekani malum bo'lgan. U 2022 yilning dekabridan beri Ruminiya qamoqxonasida odam savdosi va zo'rlash ayblovlari bilan hibsda saqlanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar