Jarima va diskvalifikaciyalar: O'FA tartib-intizom qo'mitasining qarorlari elon qilindi
02 iyu 2023 08:50
Yangiliklar
Jarima va diskvalifikaciyalar: O'FA tartib-intizom qo'mitasining qarorlari elon qilindi
Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.
Superliga
“Metallurg” — “Nasaf”
Superliganing 10-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” uchrashuvning 86-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Mateus Lima Kruz raqib o'yinchisining ko'krak qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mateus Lima Kruzga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
OKMK — “Andijon”
Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Andijon” futbol klubi futbolchisi Eldor Adxamov tribuna osti yo'lakchasida xavfsizlik tartibiga rioya qilmasdan, jamoat tartibini saqlash uchun masul bo'lgan xodimlarga nisbatan hurmacizlik qilib, provokacion harakatlar qilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Eldor Adxamovga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Surxon” — “Metallurg”
Superliganing 11-turi doirasidagi “Surxon” — “Metallurg” uchrashuvning 12-daqiqasida “Metallurg” futbolchisi Ergash Ismoilov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini oyog'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
O'yinning 25-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Kamron Saidazimov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ergash Ismoilovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi, Kamron Saidazimovga (“Surxon”) nisbatan esa 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Qizilqum” — “Olimpik”
Superliganing 10-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Olimpik” uchrashuvning 44-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Ifeani Ifeani to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini tana qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ifeani Ifeaniga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Andijon” — “Turon”
Superliganing 12-turi doirasidagi “Andijon” — “Turon” uchrashuvning 34-daqiqasida “Turon” klubi futbolchisi Bilolxon Toshmirzaevga ko'rsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O'zFHMning Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.
O'zbekiston kubogi
“Qizilqum” — “Lokomotiv”
O'zbekiston Kubogining 2-guruh bosqichi doirasidagi “Qizilqum” — “Lokomotiv” uchrashuvning 11-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Humoyun Abdualimov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Humoyun Abdualimovga (“Qizilqum”) nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Pro liga
“Dinamo plyus” — “Qo'qon-1912”
Pro liganing 9-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Qo'qon-1912” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Qo'qon-1912” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Nizamitdinov o'yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto'g'ri malumotlar berib, raqib jamoaga hamda muxlislarga hurmacizlik qilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muxsin Nizamitdinovga (“Qo'qon-1912”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi
“Lokomotiv” — “Mashal”
Pro liganing 9-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Mashal” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Lokomotiv” futbolchisi Marat Bikmaev hamda “Mashal” futbolchisi Otar Javashvili bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, mushtlashib ketgani hamda ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Marat Bikmaev va Otar Javashviliga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“SHo'rtan” — “Xorazm”
Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “SHo'rtan” — “Xorazm” uchrashuvning 33-daqiqasida “SHo'rtan” jamoasi futbolchisi Hojiakbar Yunusov raqib o'yinchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan hamda uchrashuv yakunlangandan bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Hojiakbar Yunusovga (“SHo'rtan”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“G'ijduvon” — “Dinamo plyus”
Pro liga musobaqasining 10-turi doirasidagi “G'ijduvon” — “Dinamo plyus” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Hazratjon Tursunqulov zaxira o'rindig'idan turib, yordamchi hakamga nisbatan tajovuzkor harakat qilib, elim idish uloqtirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Hazratjon Tursunqulovga (“Dinamo plyus”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Birinchi liga
“Nasaf farm” — “Olimpik farm”
Birinchi liga musobaqasining 4-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Olimpik farm” uchrashuvning 19-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Jahongir SHermatov raqib o'yinchisining yuz qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jahongir SHermatovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“Yangiyo'l” — “SHahrixonchi”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangiyo'l” — “SHahrixonchi” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “SHahrixonchi” jamoasi futbolchisi Saidibrohim G'ulomjonov to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisini son qismiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Saidibrohim G'ulomjonovga (“SHahrixonchi”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
“Yangier quruvchi” — “Olimpiya”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangier quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvining 75-daqiqasida “Yangier quruvchi” jamoasi futbolchisi Xurshid Asqaraliev uchrashuv to'xtatilgan vaqtda zaxira o'rindig'ini tark etib, maydonga chiqqan holda raqib o'yinchisini bo'yin qismidan bo'g'ib, tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xurshid Asqaralievga (“Yangier quruvchi”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Nasaf farm” — “Paxtakor-79”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvning 56-daqiqasida “Paxtakor-79” jamoasi futbolchisi SHohruhmirzo Ahmadaliev raqib o'yinchisining elka qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHohruhmirzo Ahmadalievga (“Paxtakor-79”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Qumqo'rg'on-1977” — “Lokomotiv BFK”
Birinchi liga musobaqasining 7-turi doirasidagi “Qumqo'rg'on-1977” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qumqo'rg'on-1977” jamoasi futbolchisi Ovolabi SHola to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisini ko'krak qismiga bosh bilan qasddan zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ovolabi SHolaga (“Qumqo'rg'on-1977”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“Yangier quruvchi” — “Olimpiya”
Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Yangier quruvchi” — “Olimpiya” uchrashuvi bo'yicha video-material kelib tushgan. Unga ko'ra, uchrashuvning 75-daqiqasida “Olimpiya” jamoasi futbolchisi Muhammad Mansurov o'yin vaqtida to'pni atayin qo'lga olib, raqib o'yinchisiga nisbatan tajovuzkor harakat qilib ommaviy tartibsizlik vujudga keltirgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammad Mansurovga (“Olimpiya”) nisbatan mazkur qaror chiqqan kundan boshlab 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
U-19 chempionati
“Turon U-19” — “Neftchi U-19”
U-19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Turon U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 71-daqiqasida “Turon U-19” jamoasi futbolchisi Samandar Sodiqov hamda “Neftchi” jamoasi futbolchisi Martavali Turg'unovlar bir-birlarini bo'yin qismidan bo'g'ib tajovuzkor harakat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Samandar Sodiqov (“Turon U-19”) va Martavali Turg'unovga (“Neftchi U-19”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“G'ijduvon U-19” — “Buxoro U-19”
U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “G'ijduvon U-19” — “Buxoro U-19” uchrashuvning 71-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Muhammad Muhammadiev bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammad Muhammadievga (“Buxoro”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19”
U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Qizilqum U-19” — “Metallurg U-19” uchrashuvning 82-daqiqasida “Metallurg U-19” jamoasi futbolchisi Muhammadyusuf Orifjonov ikkinchi sariq kartochka olgan va hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgan. O'yinning 90+4-daqiqasiga kelib “Metallurg U-19” klubi murabbiyi Dilshod Navruzov ham bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadyusuf Orifjonovga va Dilshod Navruzovga (“Metallurg U-19”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19”
U-19 chempionatining 5-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Bunyodkor U-19” uchrashuvning 85-daqiqasida “Bunyodkor U-19” jamoasi murabbiyi Timur Boboxonov texnik zonani tark etib, yordamchi hakamga etiroz bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Timur Boboxonovga (“Bunyodkor U-19”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
Ayollar Oliy ligasi
“OKMK-W” — “So'g'diyona-W”
Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “OKMK-W” — “So'g'diyona-W” uchrashuvining 64-daqiqasida “So'g'diyona W” jamoasi murabbiyi SHerali Boboqulov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHerali Boboqulovga (“So'g'diyona-W”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Neftchi-W” — “Paxtakor-W”
Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “Neftchi-W” — “Paxtakor-W” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Paxtakor-W” jamoasi futbolchisi Aynur Daulboeva raqib o'yinchisining oyog'iga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Aynur Daulboevaga (“Paxtakor-W”) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar