Ivan Boshkovich: “Gol kiritganimizdan so'ng etiborsizlikka yo'l qo'ydik”
20 sen 2024 23:17
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: “Gol kiritganimizdan so'ng etiborsizlikka yo'l qo'ydik”
- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Gol urib olganimizdan so'ng etiborsizliklarga yo'l qo'ydik. “Andijon” biz yo'l qo'ygan xatodan unumli foydalanib ketdi. Aytish joiz, 1:0 hisobi g'alaba qo'lga kiritilganini anglatmaydi. Aslida tanaffusdan keyin qaytib olish qiyinchilik tug'diradi. Jismoniy jihatdan muammolar ko'zga tashlanishi mumkin. G'alaba erish uchun futbolni yurakdan o'ynash kerak, yosh bolalarcha yo'l qo'yilgan xatolar kechirilmaydi, qimmatga tushadi. Har qanday ehtimoliy vaziyatga tayyor turgan holda iroda ko'rsatish kerak. Men hohlagan futbol bugungi o'yinimizda ko'rinmadi. Raqib yaxshi himoyalandi va qarshi hujumda xavfli o'ynadi. Bizda golli vaziyatlar etarlicha edi, yakuniy zarbalarga aniqlik etishmadi. Takror aytaman, raqib darvozasi ishg'ol etilgandan so'ng faollikni yanada oshirishimiz lozim edi - deydi jizzaxliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar