So’nggi yangiliklar

18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  21 18:54"Бёрнли" — "Арсенал" ва "Ноттингем Форест" — МЮ ўйинлари учун таркиблар маълум  3 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  6 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  0 16:25Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси U-17 Жаҳон чемпионати илк турида ишлайди  0 16:03МОҚ раҳбарияти ОФК президенти билан кўришди  0 15:40Ана холос! Boxing Day'да фақат битта ўйин бўлади  0 15:15Рубен Аморим: "МЮ "Ливерпуль"дан тепада бўладими, менга фарқи йўқ"  2 14:50Терри "Тоттенхэм" собиқ футболчисининг "Челси" ҳақидаги гапига жавоб қайтарди  3 14:33Мбаппе "Реал" ва ПСЖни солиштирди  10 14:10Қашқадарё футбол академияси фойдаланишга топширилди  3 13:50Ислом бирдамлик ўйинларида футзал тақвими тасдиқланди  0 13:29Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига тайёр (Кичик мундиал ҳақида билишимиз керак бўлган маълумотлар)  3

"Istern" bosh murabbiyi: "So'g'diyona" bilan o'yinda bor mahoratimizni ko'rsatishga harakat qilamiz" Yangiliklar

"Istern" bosh murabbiyi: "So'g'diyona" bilan o'yinda bor mahoratimizni ko'rsatishga harakat qilamiz"

Ertangi OFK Kubogi Hududlararo yarim final uchrashuvi oldidan "Istern" vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Uning birinchi qismida Gonkong jamoasi bosh murabbiyi Roberto Losada va jamoa etakchilaridan biri Tamirlan Kozubaev qatnashdi va savollarga javob qaytardi.

- O'yin haqida

"O'zimizga mos raqibga qarshi o'ynaymiz. Qiyin uchrashuv bo'lishi aniq. CHiroyli o'yin guvohiga aylanamiz degan umiddaman. 

Oktyabrdan buyon o'yinlarda qatnashmaganimiz tufayli O'zbekistonga vaqtliroq keldik va bu erning quruq ob-havosiga moslashdik. Hozirda tayyorligimiz maromiga keldi", – gonkongliklar ustozi.

"Murabbiyimiz aytganidek, o'zimizga mos raqibga qarshi o'yin o'tkazamiz. Ertaga bo'lib o'tadigan o'yindan o'zimiz uchun ijobiy bo'lgan natijani kutyapmiz", – dedi gonkongliklar futbolchisi.

- "So'g'diyona" jamoasining OFK Kubogidagi uchrashuvlari va Kubok doirasidagi "Qizilqum"ga qarshi o'yinni tomosha qildingiz. Jizzax klubining qanday qiyin jihatlarini aniqladingiz?

- Klubimizning asosiy qismi yosh futbolchilardan iborat. "So'g'diyona"da esa yoshi katta futbolchilar bor. Ularning tajribasidan kelib chiqsak, bu ular favorit ekanligini anglatadi. SHavkat Salomov, SHohruz Norxonov va Jasur Hasanov yaxshi o'yin ko'rsatishlarini aniqladim. Bu o'yindan oldingi kayfiyatimizni tushirib yubordi, deb ayta olmayman. Bor mahoratimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 

Tailanddagi oxirgi o'yindan keyin jamoamizda o'yinchilar soni qisqardi. Bundan tashqari, pandemiya tufayli bazi o'yinchilarimizni olib kela olmadik. O'ylaymanki, o'zimizni ko'rsata olamiz. Bu yosh futbolchilarimiz xalqaro maydonda o'zlarini namoyon etishlari uchun ham yaxshi imkoniyat bo'ladi degan umiddaman.

- Bir haftadan buyon O'zbekistondasiz. Umuman, Jizzaxdagi mehmonxona, transport va maydon holati bo'yicha sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi?  "Championat.asia"ga bergan intervyungizda Jasur Hasanovni eng kuchli futbolchi, deya etirof etgansiz. CHempionat bahslari hisobiga shunday xulosa keldingizmi yoki OFK Kubogi musobaqasi orqalimi? 

- SHahar menga yoqdi. Yaratilgan hamma sharoitlardan qoniqyapman. Mehmonxonada nimani xohlasak, hammasini darrov eltib berishyapti, bizga sifatli xizmat ko'rsatilmoqda. Hasanovga kelsak, uning o'yinlarini anchadan buyon kuzatib boryapman. Oxirgi o'yinlardagi gollari o'ziga xos tarzda urildi, xavfli futbolchi. Undan tashqari, SHahboz Jo'rabekov, SHakvat Salomov va Xislat Xalilovning o'yinlarini ham etirof etgan bo'lardim. 

Maydon holatiga kelsak, 2 sentyabr kuni "Qizilqum" bilan o'yinni kuzatib bordik va ko'rdikki, maydon ideal darajada emas. Bu albatta o'yinchilar to'liq potencialini ko'rsatishlariga xalaqit qiladi. Biroq Osiyoning boshqa davlatlarida ham bunday muammolar uchrab turadi. Bu bizga ham, "So'g'diyona"ga ham muammo keltiradi, lekin borimizni berib o'ynashga harakat qilamiz. 

Ertaga futbolchilarimiz borini berib o'ynashlarini xohlayman. Qandaydir fol kuzatilsa yoki gol urilsa, futbolchilarimiz o'yinni shunchaki tashlab qo'ymasliklariga umid qilaman va ulardan astoydil kurash olib borishlarini kutaman.

Eslatib o'tamiz, ertangi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика