So’nggi yangiliklar

23:28"Интер" дарвозабони 81 ёшли нафақахўрнинг ҳаётига зомин бўлди  0 22:43"Ал Насср" — "Ал Иттиҳод". Таркиблар маълум  0 22:28Артём Филипосян: "Финалда кучли жамоа ғалаба қозонсин"  0 22:04Камолиддин Тожиев эртага Бахтиёр Ашурматов ва Миржалол Қосимов қаторидан жой олиши мумкин  1 21:32ЎФА Рўзиқул Бердиев бўйича суриштирув ўтказади  44 21:16Игорь Сергеев: "Финалдан олдин кўп гапириб юбориш яхши эмас"  5 20:48Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди  39 20:28Марказий учрашув қаҳрамони бўлган дарвозабон, дублга эришган 18 ёшли футболчи, олис масофадан дарвозани ишғол этган вингер — Суперлигада 26-турнинг энг яхшилари  0 20:02Пўлатов, Ахроров, Каримов, Кенжабоев, Кривокапич... Суперлига 26-тур рамзий терма жамоаси  0 19:54"Бухоро"нинг Ўзбекистон Кубоги финалидан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 19:48Фарҳод Нишонов: "Насиб қилса, Суперлигага чиқамиз"  1 19:40Камолиддин Тожиев: "Менсимаслик бўлиши мумкин эмас. Жаҳонгир ака сафарга кетганлар, эртага финалга етиб келар эканлар"  9 19:35Артём Петросян: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 19:20Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея билан ўртоқлик учрашувларида қатнашади  2 19:08Александр Хомяков: "Маҳорат етмаса, иштиёқ ва хоҳиш асосий ролга чиқади. Ғалаба қозониш ҳеч қачон жонга тегмайди"  14

Ispaniya Kubogi. "Real" ortidan "Barselona" ham musobaqani tark etdi Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. "Real" ortidan "Barselona" ham musobaqani tark etdi

Teglar :  Atletik Barselona
Bilbaoda Ispaniya Kubogi doirasida "Atletik" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Atletik – Barselona 1:0

7 fevral, 01.00, «San Mames»

Gol: Uilyams (90+2).

Atletik – Unai Simon, Berchiche, Nunes, Martines, Kapa, Raul Garsiya, Vesga (Mikel San Xose, 66), Muniain (Aduric, 78), Dani Garsiya (Gomes, 89), Yeray Alvares, Uilyams.

Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Pike (Yumtiti, 80), Serji Roberto, de Yong, Rakitich (Artur, 69), Fati (Grizmann, 58), Buskets, Semedu, Messi.

Ogohlantirish: Semedu (6), Messi (39), Alba (40), Alvares (44), Vezga (53), de Yong (57), Kapa (64), Pike (72), Artur (82).

YANGILASH

XAYR "BARSA"! Ispaniya Kubogida grandlar qolmadi. 

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!!! IINNNNNNNNNNNNNYAKKKKKKKKKKIIIIIIIIIIII!!!!! Uilyams qanotdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi, 1:0!!!!!

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. UXXXXX!!! Kapaning to'p uzatishidan keyin Uilyams qulay vaziyatga ega bo'lgandi. Qishki transferlar oynasida ko'plab top-klublarning etiborini tortgan Inyaki bu safar ham noaniq zarba berdi.

88. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Arturning "shikarniy" pasidan keyin Messi "Atletik" posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi. Uning zarbasini Simon oyoqlari bilan qaytardi.

87. Albaning qanotdan uzatgan pasini Kapa jarima maydonchasi tomon o'tkazmadi.

82. Artur raqibini tirsagi bilan urgani uchun sariq oldi. Maydonda sariq olmaganlar kamayib ketmoqda. Qaerdandir qizil kartochkaning hidi kelmoqda.

81. Inyaki Uilyams oyog'iga to'p tushsa tepaverar ekan. U nuqtaga ham, vaziyatga ham qaramayapti. Hozir u yana anchagina noaniq zarba yo'lladi.

79. Pike maydonda yotibdi. U almashtiriladiganga o'xshaydi. Yumtiti ham liboslarini kiymoqda.

77. Futbolchilar istaganicha qo'pol o'ynashmoqda. Biroq hakamlar har doim ham hushtagini chalmayapti. Hozir Grizmann tomon Alvares qo'polroq o'ynagandi. Grizmann esa kichik tibbiy yordam oldi.

74. Jarimadan oshirilgan to'pga Semedu o'z darvozasi tomon zarba bergandi. Hakam bu pallada ham burchak to'pi borligini ko'rmadi.

72. Pike o'zidan o'tib ketgan Uilyamsning ishtonidan tortibgina to'xtata oldi. Sariq kartochka Pikega.

70. ZARBAAAAAAAA!!!!!! Uchrashuvda golga tortadigan ilk vaziyatni 70 daqiqa kutdik. Qanotdan uzatilgan to'pga Grizmanning yo'llagan zarbasini Unai Simon qaytardi. Ajoyib zarba va ajoyib seyv!!!

68. Uilyamsning zarbasini Pike qaytardi. Burchak zarbasi.

67. Messi chap qanotdan o'ng qanotga Alba tomon ajoyib to'p uzatishini amalga oshirdi. Himoyachining zarbasini Simon ushlab oldi.

65. "Atletik" jarima maydonchasi ichida de Yong yiqitildi. Aniqrog'i, yiqildi. Penalti berilmadi.

64. Hujumga o'tayotgan Messi Kapa tomonidan yiqitildi. Jarimadan uzatilgan to'pga avvaliga Messi zarba bermoqchi bo'lgandi. Biroq keyinchalik Robertoning bergan zarbasi ustunga tegdi. Ammo zarbagacha hushtak chalinib, Messining offsaydda qolib ketgani malum qilingandi.

63. Grizmann "pochin"ni anchagina noaniq zarba bilan ochdi.

60. Nimalar bo'lyapti maydonda!! Qanotdan uzatilgan pasdan keyin to'p Uilyamsga tegib, "Atletik" darvozasi tomon ketayotgandi. Unai Simon ham to'pni ushlashda xatolikka yo'l qo'ydi. Oqibatda hujum chigallashib ketdi. Inyaki so'nggi pallada to'pni autga chiqarib yubordi.

59. Semeduning "prostrel"ini himoyachilar qaytarishdi.

57. UXXXXXX!!!!! Messining pasidan keyin de Yong "Atletik" posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Biroq bu pallada yosh xavbek Unai Simon to'pga chiqqanidan keyin yiqilib tushdi. Hakam esa buni simulyaciya deb hisobladi va futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.

55. Ter-SHtegen to'p uzatishda yana xatoga yo'l qo'ydi. Uning pasidan keyin Rakitich to'pni yopdi va hujumchidan to'pni asradi. Bu pallada "Barsa" jarima maydonchasi ichida yiqilgan Dani Garsiya penalti so'ragandi.

53. Fati yoshlik qilib qo'ydi. U "Barselona"ning ajoyib hujumini offsaydda turgan Albaga to'p uzatishi orqali yakunladi.

52. Uzoq masofaga to'p uzatilishidan keyin Uilyams bilan havodagi to'p uchun kurashgan Pike va ter-SHtegen bir-biri bilan to'qnashib ketdi.

51. O'yin surati anchagina past. Tomonlar vaziyat yaratishga harakat qilishmayapti.

48. Messi bir raqibini aldab o'tib, "Atletik" jarima maydonchasiga kirib bormoqchi edi. Ammo himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilganicha yo'q.

45. Yo'q! Jarima zarbasi jonli devordan buyog'iga o'tmadi. Janob Messi, keyingi safar...

44. Messini "Atletik" himoyachilari o'z darvozasidan taxminan 20 metrlar uzoqlikda yiqitishdi. Messi uchun qulay imkoniyat bo'lishi mumkin.

42. Kike Seten ham sariq oldi. Nima balo! Futbolmi bu o'zi...

39. UXXXXXXX!!!!!! Maydonda jang ketdi hozir. Avvaliga u, keyinchalik bu to'g'ri oyoqqa tashlandi. So'nggi pallada Messi raqibiga qarshi qo'pol o'ynagani uchun sariq oldi. Keyinchalik Alba ko'p gapirib yuborgani uchun hakam tomonida sariq kartochka bilan "og'zi yopildi".

35. Raul Garsiyaning boshi bilan bergan zarbasi ter-SHtegenning qo'llariga borib tushdi.

34. "Atletik"da qulay vaziyat. Munyainning pasidan keyin Uilyams to'pni qabul qila olmadi. Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

32. UXXXXXX!!!! To'pni o'yinga kiritishda ter-SHtegen xatolikka yo'l qo'ydi va Raul Garsiya to'pni egallab oldi. Uning zarbasi biroz noaniq ketdi. Hozir germaniyalik posbon golning asosiy sababchisiga aylanib qolishi mumkin edi.

31. IIIIII!!! NEGGAAAAAAA!!!! Jarimadan uzatilgan zarbani Pike burchakka chiqarib yuborgandi. Hakam esa buni ko'rmadi va ter-SHtegen to'pni o'yinga kiritishi kerakligini bildirdi.

30. "Atletik"ja yaxshi vaziyat. Jarima zarbasi gol urish uchun qulay imkoniyat bo'lishi mumkin.

29. UXXXXXX!!!! Messining zargarona pasini Alba to'xtata olmadi. Aks holda qandaydir havfli vaziyat yaratilishi mumkin edi.

27. Endi "Barselona"ning katta bosimi boshlandi. "Atletik" chuqur himoyada.

24. Raul Garsiya to'p uzatilishidan keyin Langlega tegib, yiqilib tushdi. Bu pallada "San Mames" larzaga kelgandi. Ammo bunday vaziyat uchun penalti qo'yilmaydi.

23. Raqib xatosidan keyin Messi "Atletik" jarima maydonchasi oldida to'pni egallab oldi. U hadeganda ham zarba beravermadi. Oqibatda himoyachilar to'pni qaytarishdi.

21. "Atletik" bosimni boshlamoqda. Hozircha zarbalar yo'q.

19. Buskets Munyainni yiqitdi. "Atletik" qulay vaziyatga ega bo'lmoqda.

17. Messi markazda to'pni qabul qilib oldi va hujumga bir o'zi yugurib ketayotgandi. Bir himoyachini aldab o'tdi, biroq ikkinchi himoyachi to'pga tashlanib, vaziyatni sovutdi.

15. "Barselona"ning hujumi uzoq vaqt davomida rivojlandi. Avvaliga Fati qulay vaziyatga chiqib borayotgandi. Biroq himoyachilar ushbu vaziyatni bartaraf etishdi. Ikkinchi tempda Messining zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

13. Messining jarimadan uzatgan zarbasini hujumkor himoyachi, balki himoyaviy hujumchi Inyaki Uilyams qaytarib yubordi.

11. Dastlabki 10 daqiqalikda "Barselona" pragmatik o'yin ko'rsatdi. Katta ustunlik bilbaoliklarda.

10. GOOOOOOOOOLLLLL!!! YO'O'O'O'O'QQQQ!!! Offsayd!! Bu pallada Inyaki Uilyamsning goli inobatga olinmadi. VARda ham tekshirdik. Offsayd bor edi.

8. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Fatining zarbasini himoyachilar qaytardi. Bu pallada 

6. "Atletik" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Biroq bu pallada bilbaoliklar oddiy o'ynashdi va vaziyatni ko'kka sovurishdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика