So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0

"Har bir o'yinda Yaponiya, Koreyaga qarshi chiqqandek chiqsak, bu bosqichdan yaxshi o'tamiz" - Jaloliddin Masharipov Yangiliklar

"Har bir o'yinda Yaponiya, Koreyaga qarshi chiqqandek chiqsak, bu bosqichdan yaxshi o'tamiz" - Jaloliddin Masharipov

O'zbekiston terma jamoasi hamda Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov mamlakatimizga etib keldi.

Bugundan boshlab u terma jamoa ixtiyorida mashg'ulotlar o'tkazishni boshlab yubordi. Fursatdan foydalanib Championat.asia muxbirlari O'zbekiston MTJning mashg'ulot o'tkazayotgan qarorgohiga bordi va futbolchidan intervyu oldi.  


— Jaloliddin bugun terma jamoaning ixtiyoriga etib keldingiz. Saudiya Arabistonida mavsum deyarli tugadi, yani 2 ta tur qoldi. Klub hozir 3-o'rinda, jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishdi deb o'ylaysizmi? 

— "Al Nasr"da doimo maqsad ulug' bo'lgan. Doim chempionlik, Prezident kuboklarini yutishni xohlaganmiz. Bu yil bu narsani uddalay olmadik, deb o'ylayman. Hozir 3-o'rindamiz, baribir bizning niyatimiz kelasi yili Osiyo CHempionlar ligasida o'ynash. Vazifani 90 foiz uddaladik deb o'ylayman. Yana ikkita o'yin qoldi. U erda har bir o'yin juda kuchli o'tadi, oson raqib yo'q. Buni Saudiya chempionatini kuzatadiganlar ham biladi. SHu ikki o'yinda 6 ochkoni qo'lga kiritib, kelasi yili OCHLda o'ynashni jamoamiz oldiga vazifa qilib qo'ygan. 

— Mavsum orasida malum muddat maydonga tushmadingiz. Ko'pchilik murabbiy bilan o'rtalaringizda nizo chiqdi deb o'yladi...

— Bu yil "Al Nasr"da ko'p murabbiylar almashdi. Har bir legioner futbolchida bu kabi holatlar bo'lib turadi. Murabbiy yangi kelganida meni yaxshi tanimasdi. SHuning uchun ham 1-2 ta o'yinda zaxirada qolib ketdim. Hozir hammasi yaxshi. So'nggi o'yinlarda menga nisbatan ishonchi ancha yuqori. Juda yaxshi muomaladimiz. 

— Terma jamoa haqida, raqiblarimiz ancha autsayder jamoalar. Terma jamoa futbolchilarida o'yindan avval "yutib qo'yish" alomatlari yo'qmi?

— O'FA rahbarlari keldi va shu borada gaplashdik. To'g'ri, Maldiv, SHri-Lanka kabi terma jamoalar, lekin hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Agar biz yutsak "o'zi SHri-Lanka edi", deyishadi. Agar yutqazib qo'ysak dushmandan battar bo'ladi. Hozir bizning tarkibda juda ham talantli futbolchilar yig'ilgan. Har bir o'yinda Yaponiya, Koreyaga qarshi chiqqandek chiqsak, bu bosqichdan yaxshi o'tamiz. Bu guruhda vaziyatni og'irlashtirmasligimiz kerak. Muxlislarni ham, jurnalistlarni ham xavotirga qo'ymaslik kerak. Muxlislarimizni chiroyli o'yinlar, gollar bilan xursand qilib, bu bosqichni bayramdek o'tkazib bermoqchimiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика