So’nggi yangiliklar

22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  4 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  6 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  2 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  5 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  7 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  6

Hakim Fuzaylov: "Bugun "Navbahor"ga mag'lub bo'ldik, ammo ortda qolgan hech bir bellashuvda o'yin borasida raqibga yutqazmadik" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Bugun "Navbahor"ga mag'lub bo'ldik, ammo ortda qolgan hech bir bellashuvda o'yin borasida raqibga yutqazmadik"

Superliga 9-tur doirasidagi "Navbahor" - "Xorazm" (1:0) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Juda qiyin o'yin bo'lishini bilgandi. "Navbahor" bungacha mehmonda mag'lubiyatga uchragandi va o'z muxlislari qarshisida hujumkor o'ynab, ijobiy natijaga harakat qilishini bilardik. O'yin starti yaxshi boshlangandek edi, ammo xatolarimiz bor edi. Charchoq yig'ilib qolganga o'xshadi. Afsuskik, bugungi kunda tarkib bilan bog'liq qiyinchiliklar bor, ammo biz bu holatda chiqib ketamiz. Jamoa yaxshi o'ynamoqda, ammo xatolar ham yo'q emas, shunday ekan "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman.


— O'yin uchun qanday vazifa qo'yilgandi va yigitlaringiz buni qanchalik uddalashdi?

— Bungacha yaxshi o'ynagandik va to'pni ko'proq nazorat qilgandik. Ha, bizda vaziyatlar ham bo'ldi, u har doim bo'lgan. Biz to'pni o'zimizda nazorat qiladigan futbol o'ynashga urinyapmiz. Afsuski, bugungi o'yinda "Navbahor" ko'proq to'pga egalik qildi. Ushbu natija ham shu sababdan bo'ldi. Zaxiradan tushgan hech bir o'yinchi bahsga kirishib keta olmadi. Shunaqasi ham bo'lib turadi. Menimcha, bugun mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. Tahlil qilib chiqamiz.

— "Xorazm" oldingi o'yinlarda tetikroq harakat qilgandi. O'tgan "Nasaf"ga qarshi o'yinda ham yomon ko'rinmagandi. Bugungi o'yinda biroz toliqqandek ko'rindi.

— Biz "Nasaf" bilan o'yinda ko'p kuch yo'qotdik. Ehtimol to'liq tiklanishga ulgurmagandirmiz. Nima bo'lganda ham, raqibning hujumlariga hujum bilan javob berishga harakat qildik. Ammo, yigitlar bugun sustroq ko'rinishdi. Bu o'rta chiziq va hujum guruhida sezildi. Shu sabab yakunda mag'lubiyatga uchradik.

Qo'shishimiz mumkin bo'lgan yosh yigitlar bor. Ular futbolni sog'inib qolishgan deb o'ylayman. Rotaciyalar qilamiz.

— Bugungi o'yinda Sunnatillo Abdullajonov va Murod Bobojonovning zaxirada qoldirilgani sabab nimada? Ular bilan ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirmoqchi edingizmi?

— Ularning hisobiga o'yinni kuchaytirish maqsadimiz bor edi.

— Joriy mavsumda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

— Vazifa hali ham bitta. "Xorazm" 15 yil O'zbekiston oliy ligasida o'ynamadi. Vazifa jamoani Superligada saqlab qolish.

— Jamoa tarkibidan qoniqdingizmi? Ikki davrada tarkibda kuchayishlar bo'ladimi?

— Har qanday murabbiy doim unga kimdir etishmayotganini aytadi. Shunday bo'lgan, bunday keyin ham bo'ladi. Juda kech Superligada o'ynashimizni bildik. Albatta, tarkibimizni kuchaytiramiz. Agar chempionat va Kubok doirasida shunday o'yinlar bo'lib tursa, o'yindan o'yinga yaxshi o'tish uchun teng zaxira kerak.

— Yosh o'yinchilarni jalb qilish bo'yicha nima deya olasiz?

— O'rinbosarlar tarkibimiz butun Xorazm viloyatidan yig'ilgan yigitlardan tashkil topgan. Ular juda ham yosh. Ammo, ularga Superligada o'ynash uchun vaqt kerak. Hatto ularning ko'pi Pro liga darajasiga ham o'tishmadi. Kimdir Birinchi ligada o'ynagan.

— Chempionat favoriti kim deb o'ylaysiz?

— Aytish qiyin. Ammo, hozirda jamoalar guruhi aniq bo'ldi. Bu har turda kambeklar qilayotgan OKMK. Mirjalol Qosimovda juda yaxshi yoshlar bor. "Bunyodkor" bor. Hisobdan chiqarib bo'lmaydigan "Nasaf"dek ajoyib jamoa bor. Bir murabbiy ushbu jamoada uzoq yillar davomida ishlamoqda. "Paxtakor", "Navbahor" va hatto "Dinamo"ni ham hisobdan chiqarish kerak emas. Bir guruh jamoalar. Chempionat qiziqarli va juda qiyin bo'ladi. Ikkalasi ham birdek. Hozirda kimnidir ajratib, chempion bo'ladi deb aytish juda qiyin.

— Nima deb o'ylaysiz, "Xorazm" joriy yilda qaergacha o'rinni band etishi mumkin?

— Bashorat qilmayman. Bizning birinchi darajali maqsadimiz — jamoani Superligada saqlab qolish. Umuman olganda, 8 ta tur o'tkazdik. Bugun "Navbahor"ga yutqazdik. 7 ta turda esa hech kimga o'yin borasida yutqazmadik. Hatto ayrim o'yinlarda chempionat favoritlari bilan bir xil o'ynadik va hatto o'z vaqti bilan ko'proq xavfli vaziyatlar yaratdik. Shu sabab qaysi o'rinni egallashimizni aytish qiyin. Hozircha jamoani Superligada saqlab qolmoqchimiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика