Gvardiola Evropaning eng kuchli uch jamoasini aytdi: "Arsenal" ham ro'yxatda!
23 mar 23:25
Yangiliklar
Gvardiola Evropaning eng kuchli uch jamoasini aytdi: "Arsenal" ham ro'yxatda!
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Londonning "Arsenal" klubi haqida yuqori fikrda ekanini bildirdi.
Angliya liga kubogi finalida "shaharliklar" "kanonirlar" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritishdi. O'yindan so'ng Pep raqibni alohida etirof etdi.
"Biz ushbu g'alabani katta quvonch va mamnuniyat bilan nishonlayapmiz. Chunki "Arsenal" — "Bavariya" va balki "Barselona"ni hisobga olmaganda, hozirda Evropadagi eng yaxshi jamoa", — dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, 22 mart kuni bo'lib o'tgan final bahsida Gvardiola shogirdlari Arteta jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar