Gvardiola "Barselona"ni boshqarishi mumkin bo'lgan Galyardo haqida: "Nega uni yilning eng yaxshi murabbiyi deb topishmadi?"
05 okt 2019 13:18
Yangiliklar
Gvardiola "Barselona"ni boshqarishi mumkin bo'lgan Galyardo haqida: "Nega uni yilning eng yaxshi murabbiyi deb topishmadi?"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "River Pleyt" ustozi Marselo Galyardo ishini yuqori baholadi.
- Galyardo "River"da ajoyib ishlar qildi va bu yildan-yilga davom etib kelmoqda. Tushuntirish qiyin bo'lgan bir necha narsalar bor. Misol uchun, u nimaga yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilmadi?
Biz Janubiy Amerika futboliga ham etibor berishimiz kerak. Ko'pchilik futbolni faqat Evropada ko'radi, - deydi Gvardiola.
Argentinalik mutaxassisning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
Galyardo murabbiylik faoliyatini Urugvayning "Nasonal" klubida boshlagan. "River Pleyt"da esa 2014 yildan beri faoliyat olib bormoqda.
"Barselona"ni boshqarish uchun yangi nomzod paydo bo'ldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar