Gavi taxminan ikki oyni o'tkazib yuborishi mumkin
13 sen 12:32
Yangiliklar


Gavi taxminan ikki oyni o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi olgan jarohati sabab 6 haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli ispaniyalikning o'ng tizzasida muammolar bor. Biroq, bu 2023 yilda olingan xochsimon bog'lam uzilishining takroriy holati emas. Futbolchi konservativ yo'l bilan davolanadi, keyingi haftada esa ahvolini yanada aniqroq baholash uchun qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Gavi joriy mavsum 2 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyin u "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinni va Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 saralashidagi o'yinlarini o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar