So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Fevzi Davletov: "Navbahor" bilan o'yinda biz g'alabaga yaqinroq edik" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Navbahor" bilan o'yinda biz g'alabaga yaqinroq edik"

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov Superliga 21-tur doirasidagi "Navbahor" (0:0)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Assalomu alaykum, yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Bugungi o'yinda bitta gol uchrashuv taqdirini hal qilardi. Uchrashuvda bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldik, bugungi o'yinda biz g'alabaga yaqinroq edik. Bahsning dastlabki daqiqalarida ancha sust harakat qildik. Raqibda 2 ta 100 foizlik vaziyat bo'ldi. Keyin barchasi joyiga tusha boshladi, o'yinni nazorat qila boshladik. Yigitlar berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. "Navbahor"ga qarshi mehmonda bunday og'ir stadionda durang o'ynash yomon natija emas deb o'ylayman. Bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytaman. Har ikki jamoa uchun yaxshi uchrashuv bo'ldi. 

Humoyun Sherbo'taev jarohat olib, maydoni tark etdi. Uning holati haqida malumot bera olasizmi?

- Hozirda uning jarohati haqida nimadir deya olmayman. Uzoq yo'l va maydon sababli unda kichik jarohat bo'ldi. Umid qilamanki, uning jarohati jiddiy emas. Barchasi tekshiruvdan so'ng aniq bo'ladi. 

Bugungi uchrashuvda Rustam Turdimurodov gol urmagan bo'lsada, to'psiz ancha yaxshi harakat qildi. Bugungi uchrashuvda unga qanotlardan etarlicha yordam bo'lmagandek. Bu haqda nima deya olasiz?

- U terma jamoadan qaytdi. Rustam bugun yaxshi harakat qildi. Bir nechta vaziyatlar unga to'g'ri uzatmalar berilmadi. Biroq raqib himoyasi ham juda yaxshi himoyalanganini takidlash lozim. Umuman olganda, bugun hujumda yaxshi harakat qildik. Unda vaziyat bo'ldi va u o'sha vaziyatdan foydalanishi lozim edi. Menimcha u gollarini terma jamoada urib keldi. Hech bo'lmasa, bugungi uchrashuvga bittasini olib qo'yish kerak edi. 

Ikkinchi davrada "Surxon" deyarli legioner futbolchilardan voz kechdi. Bu jamoada moliyaviy muammo borligi uchunmi yoki mahalliy futbolchilardan ustun tomoni yo'qligi sabablimi?

- Jamoaning rivojlanish stategiyasi biroz o'zgardi. Buni jamoa rahbariyati bizga malum qilishdi. Shu sababli legionerlardan voz kechildi. Asosiy etibor mahalliy futbolchilarga qaratilish kerak.

Agar legioner mahalliy futbolchidan ustun bo'lsa, olish kerakmi?

- Agar ular haqiqatdan kuchli bo'lsa, olish kerak. Bizdagi muammolli chiziqlarga mahalliy futbolchilardan kuchli futbolchi bo'lsa, olish kerak deb o'ylayman. Biroq hozirda biz o'zimizni yigitlarga ishonmoqdamiz. Bu yog'ini mavsumdagi o'yinlar ko'rsatadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика