Aziz Ibragimov: "Uchrashuv derbi maqomida o'tadi, ammo g'alaba "Paxtakor"niki bo'ladi"
13 sen 10:58
Yangiliklar
Aziz Ibragimov: "Uchrashuv derbi maqomida o'tadi, ammo g'alaba "Paxtakor"niki bo'ladi"
Markaziy tur doirasidagi "Paxtakor" – "Neftchi" bahsi oldidan futbol mutaxassisi Aziz Ibragimov o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu qarama-qarshilik nafaqat jamoalar, balki ularning muxlislari uchun ham katta intriga va hayajon bilan kechadi.
— "O'yin derbi maqomidek o'tadi. "Neftchi" uchun bu o'yinda alohida alam ham bor, chunki birinchi davrada ular o'z maydonida "Paxtakor"dan 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Shuning uchun jamoa o'zida kuchli revansh kayfiyati bilan maydonga tushadi. Biroq menimcha, uchrashuv shiddatli kurashlar va bahs-munozaralarga boy kechsa-da, bugun g'alaba "Paxtakor" jamoasiga nasib etadi", — dedi Ibrohimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar