Bernardu Silvaga Portugaliya top-klubi qiziqish bildirmoqda
13 sen 14:23
Yangiliklar
Bernardu Silvaga Portugaliya top-klubi qiziqish bildirmoqda
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva yaqin transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.
Portugaliyalik xavbek "Benfika" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. "Shaharliklar" allaqachon portugal klubiga futbolchi bilan muzokara o'tkazishga ruxsat bergan. Transfer yanvar oyida amalga oshirilishi mumkin.
Bernardu Silva 2017 yilda Franciyaning "Monako" klubidan "Manchester Siti" futbolchisiga aylangandi. Futbolchi Angliyada jami 410 ta o'yin o'tkazib, 72 ta gol va 73 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali 31 yoshli yarim himoyachini 38 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar