APL top-klublari "Barselona" vunderkindini sotib olmoqchi
11 sen 14:54
Yangiliklar
APL top-klublari "Barselona" vunderkindini sotib olmoqchi
"Barselona"ning yosh iqtidorini sotib olish uchun bir qator jamoalar davogarlik qilmoqda.
"Fichajes" malumotlariga qaraganda, "Manchester Yunayted" 17 yoshli Pedro Fernandesni safiga qo'shib olish uchun eng ko'p qiziqish bildirayotgan APL klubidir.
Fernandes bo'lajak superyulduz sanaladi va mish-mishlarga ko'ra, La Ligadagi debyutini o'tkazishga yaqin turibdi.
Ruben Amorim jamoasi hujumkor yarim himoyachini qo'lga kiritishda qiynaladi, chunki uni Angliyaga olib kelishga "Liverpul", "Manchester Siti" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.
Yosh futbolchi "Barselona"ning Osiyo turnesida ishtirok etgan va Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasiga qarshi o'yinda (3:1) yakuniy golni urgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar