"Real" APL futbolchisi uchun 60 mln evro taklif qilmoqchi
13 sen 13:48
Yangiliklar
"Real" APL futbolchisi uchun 60 mln evro taklif qilmoqchi
"Kristal Pelas" tayanch yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Real" 21 yoshli xavbek uchun taxminan 60 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, unga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani va futbolchining agenti bilan kelasi yozda transfer qilish bo'yicha muzokaralar olib borgani aytilmoqda. "Kristal Pelas" Uortonni 2024 yilda 21 mln evroga sotib olgandi.
U bu mavsumda barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uortonning "burgutlar" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali malumotiga ko'ra, himoyachining narxi 45 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar