So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Sergey Lushan: “Jamoaga nima etishmayotganligini bilganimda, eng baxtli inson bo'lardim” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Jamoaga nima etishmayotganligini bilganimda, eng baxtli inson bo'lardim”

O'zbekiston Superligasining 21-turidan o'rin olgan “Navbahor” - “Surxon” (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Bugungi o'yin haqidagi fikringiz...

- Uchrashuv biz uchun juda qiyin kechdi. Ko'plab hujumlar uyushtirgan bo'lsakda, realizaciya borasida muammolarga duch keldik. Bu holatni izohlashdan ojizman. O'yinni yaxshi boshlaymiz, keyin esa individual mahoratni ishga solish, shoshqaloqlik bilan o'yin namoyish etamiz. Hujumda omadimiz kelmayapti. Birinchi davrada hammasi o'z joyida edi. Ikkinchi davrada esa negadir hujumdagi ishlarimiz yurishmayapti. 

Jamoadagi ichki muhit qanday va “Navbahor”ga ayni paytda nima etishmayapti?

- Jamoaga nima etishmayotganligini bilganimda, eng baxtli inson bo'lardim. Mashg'ulotlar va o'rtoqlik o'yinlarida barchasi ko'ngildagidek kechmoqda, ammo rasmiy uchrashuvlarda o'yinimiz unchalik o'xshamayapti. Lekin yigitlarga bu borada etiroz yo'q. Chunki ular harakat qilishyapti. Shuningdek, ko'rpani o'ziga tortayotgan o'yinchilar ham bor. Futbol jamoaviy o'yin, har kim o'z individual mahoratini ishga soladi, degani emas. Bugungi o'yinning ham ilk daqiqalarida 2 ta golli vaziyat yuzaga keldi. Ammo bundan foydalana olmadik.

Albatta, baxtli yashayotgan, shuningdek, janjalli, ajrashayotgan oilalar bor. Jamoa g'alaba qozona olmasa, muhit yaxshi bo'lishi dargumon. Klub rahbarlari, jamoa murabbiylar shtabi, shuningdek, futbolchilar ham bunday vaziyatda bosim ostida qolishadi. Endi hammasini tahlil qilib, oldinga qarab, harakatlanish lozim.

Dostonbek Abdulhaevning bugungi o'yiniga qanday baho berasiz?

- Menimcha, u alo darajada o'ynadi. Hozir futbolchilarning o'yinlariga baho berish emas, bugungi bellashuvdagi xato va kamchiliklarni tahlil qilishimiz lozim. Ayrim paytlarda xatolarga yo'l qo'yilyapti hamda buni  to'g'rilash kerak. Jamoadoshining xatosini yopgan futbolchining esa intellektual mahorati yuqori bo'ladi. Abdulhaev doimo yaxshi o'yin namoyish etadi. Biz har bir uchrashuvda yangi futbolchini maydonga tushirishga intilyapmiz. Oldiniga Mo'ydinov, bugun esa Islomov. Shu tariqa, sekin-astalik bilan tarkibni yangilab boryapmiz. 

Bugungi bahsda futbolchilarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kamroqdek ko'rindi. Bundan tashqari, ayni paytda jamoaning Superligada sovrinli o'rinlar uchun kurashda imkoniyatlari pasayib ketdi, shuningdek, O'zbekiston kubogi bahslarida ham omadsizlikka uchradi. Balki ushbu omillar ham futbolchilarga o'z tasirini o'tkazayotgandir? Keyin kelasi yilgi mavsumga tayyorgarlik borasida o'ylash vaqti kelmadimi? Chunki intervyularingizdan birida 2-3-yil ichida chempionlik uchun kurashadigan jamoa tuzamiz, degandingiz... 

- Yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kam bo'ldi, degan gapingizga qo'shilmayman. Shogirdlarim harakat qilishdi, faqat omad kelmadi. Nega bunday bo'layotganligini esa tushuntira olmayman. Bunday holatlar har bir jamoada bo'lib turadi. Birinchi davrada O'rinboev juda yaxshi o'ynayotgandi. Hozir esa o'yini chiqmayapti. Tarkibda ikki-uch nafar etakchilarning borligi  ko'ngilni xotirjam qiladi. Biroq ayni paytda “Navbahor”da bunday futbolchini ko'rmayapman. 

Albatta, raqiblar ham jamoamizning o'yinlarini tahlil qilib, kuchli taraflarini o'rganishadi. Tarkibimizda 24 nafar futbolchi bor. Ulardan 14 nafari joriy mavsumning so'nggi qishki o'quv-mashg'ulot davomida jamoa tarkibiga qo'shilgan. Ularning ko'pchiligi yosh mahalliy futbolchilar.Ularni sekin-asta asosiy tarkibga tayyorlab boramiz.

“Mashal” jamoasini yirik – 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganimizdan keyin jamoa mashg'ulotlar jarayoni va o'yinida ham o'sish yuz berdi. Ammo O'zbekiston kubogi musobaqasini alamli tarzda tark etdik. Endi buyog'iga hammasini unutib, faqat oldinga qarab intilish, kimdir tashabbusni o'z qo'liga olishi kerak. Shunday etakchi futbolchi etishmayapti, hozircha jamoada. O'tgan mavsumda esa Hamrobekov, Iskanderov singari shunday salohiyatga ega futbolchilar bor edi. Ular bilan birga Boltaboev ham ancha yaxshi o'yin namoyish etardi. Mazkur o'yinchilar jamoa uchun qiyin vaziyatlarda barcha masuliyatni o'z zimmalariga olishardi. Hozir esa bunday futbolchini “Navbahor”da ko'rmayapman.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика