"Bavariya" 14 yoshli Yamal bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan
11 sen 2025 18:24
Yangiliklar
"Bavariya" 14 yoshli Yamal bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan
"Bavariya" rahbariyati bir necha yil avval "Barselona"ning ispaniyalik vingeri Lamin Yamalni safiga qo'shib olishni istagan.
Insayder Kristian Falk xabariga ko'ra, Myunxen klubi 2022 yil "Barselona" yoshlar jamoasida to'p tepgan 14 yoshli Yamal bilan bitim imzolashga harakat qilgan.
"Bavariya" vakillari keyinchalik futbolchining manfaatlarini himoya qilgan agent Ivan De la Penya bilan muzokara olib borgan. Yamal agentini o'zgartirgani uchun so'nggi lahzada kelishuv barbod bo'lgan. De la Penya o'rnini Jorje Mendesh egallagan.
Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar 18 yoshli ispaniyalikni bu yil "Oltin to'p"ga davogarlardan biri deb hisoblamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar