Shuxrat Rahmonqulov: "Paxtakor" – "Neftchi" o'yinida birinchi gol urgan g'alaba qozonadi"
13 sen 10:09
Yangiliklar
Shuxrat Rahmonqulov: "Paxtakor" – "Neftchi" o'yinida birinchi gol urgan g'alaba qozonadi"
Markaziy bahs oldidan futbol mutaxassislari fikr bildirishda davom etmoqda.
Ularning orasida murabbiy va sobiq futbolchi Shuxrat Rahmonqulov ham "Paxtakor – Neftchi" uchrashuviga oid o'z mulohazalarini bayon qildi.
— "Bu uchrashuv juda qiziqarli o'tadi. Agar "Paxtakor" yutqazsa, "Neftchi"ni yanada uzoqlashtirib yuboradi. Shuning uchun "Paxtakor" g'alabaga harakat qiladi, ayniqsa o'z maydonida. Lekin bu oson bo'lmaydi. Chunki "Neftchi" hozir qiziq va kuchli jamoaga aylangan. Men juda shiddatli bahs kutyapman. Har ikki jamoaga ham ochkolar suv va havodek zarur. Shaxsan men durang natijani ko'proq ehtimol qilaman, chunki jamoalar ehtiyotkor o'ynashadi. Birinchi golni urgan jamoa esa g'alabaga yaqin bo'ladi. Bu o'yin haqiqiy jangga aylanishi mumkin, chunki jamoalar bir-biriga juda mos", — dedi Rahmonqulov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar