Yamal: "Oltin to'p"larim ko'p bo'lishini orzu qilaman"
11 sen 13:34
Yangiliklar
Yamal: "Oltin to'p"larim ko'p bo'lishini orzu qilaman"
"Barselona"ning o'ng vingeri Lamin Yamal "Oltin to'p" haqidagi savolga javob berdi.
"Do'stlarimga bitta emas, ko'p marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni orzu qilishimni aytganman. Men buni uddalay oladigan futbolchiman. Agar bunga etisha olmasam, bu nimanidir noto'g'ri qilganimdan yoki buni xohlamaganimdan bo'ladi.
"Oltin to'p"larim ko'p bo'lishini orzu qilaman. Bu sodir bo'ladigan kuni juda baxtli bo'laman, lekin men ko'proq g'alaba qozonish va jamoam bilan yutuqlarga erishishni davom ettirmoqchiman", – dedi Yamal.
Lamin Yamal 2025/26 yilgi mavsumda klubi va terma jamoasi safidagi har bir o'yinda golli harakatlari bilan ajralib turibdi.
"Barselona"ning 18 yoshli futbolchisi o'tgan mavsumdagi o'yini uchun "Oltin to'p"ga davogarlar uchligidan joy olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar