So’nggi yangiliklar

18:28Артета Гёкереш сафдан чиққанини маълум қилди  0 18:00Дэвид Бекхэм қиролдан рицарлик унвонини қабул қилиб олди  0 17:38МЮ "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0 16:38Футбол агенти футболчини қурол билан қўрқитди  0 16:10"Локомотив" U-14 Туркиядаги халқаро турнирда чемпион бўлди  1 16:02Ўткир Юсупов тикланиш жараёнини Тошкентда давом эттирмоқда  3 15:49​"Фиорентина" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:24Хаби Алонсо "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан дадил баёнот берди  8 14:58Артета футбол ташкилотларидан "Арсенал" футболчиларини ҳурмат қилишни талаб қилди  4 14:33"Насаф" "Ал Ваҳда"га имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 14:09Игорь Сергеев: "Агар сиз ўзингизни ўйлаб ўйнасангиз, ҳеч нарса ўхшамайди"  5 13:48Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Жаҳон чемпионатида Англия ва Франция иштирокидаги ўйинларда ишлайди  3 13:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон учрашувида ишлайдиган ҳакамлар маълум  3 13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  13

Final, OFK va "Bunyodkor" stadionining chimi haqida Yangiliklar

Final, OFK va "Bunyodkor" stadionining chimi haqida

Kecha "Bunyodkor" stadionida Superliganing 12-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" bahsi bo'lib o'tdi.

"Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yinni tomosha qila turib, stadion maysasiga etibor qaratdim. Bu stadionda bir necha kun avval U-23 Osiyo kubogi finali o'tkazilgandi. Final aynan shunday sifatdagi maydonda o'ynalgani esga tushdi. Bu esa biroz dilni xira qildi. Timur Kapadze ham yarim final va final o'yinlari "Bunyodkor" stadionida o'tayotgani borasida fikr bildirgandi. Murabbiy chim sifati va dim havo futbolchilarga noqulay ekanini takidladi.


SHunday ekan, final o'yini uchun nega aynan "Bunyodkor" stadioni tanlandi? "Paxtakor" emas?

Gap shundaki, final o'yinining "Bunyodkor" maydonida bo'lishi shu yilning fevral oyidayoq malum edi. Bunga Iroqqa qarshi o'yindagi "toshbo'ron"ning hech qanday aloqasi yo'q edi. 2022 yilning 17 fevral kuni musobaqa taqvimi va o'yinlarning qaysi stadionda bo'lishi aniq bo'lgandi. OFK esa o'z rejalarini qisqa muddat ichida o'zgartirmaydi. Demak, chim qanday ahvolda bo'lishidan qatiy nazar, final baribir "Bunyodkor"da o'tkazilardi.


OFK "Bunyodkor" chimi bunday ahvolga tushishini musobaqadan to'rt oy avval, oldindan ko'ra bilishi mumkinmidi?

Buni bashorat qilib bo'lmasdi deyishingiz mumkin. Ammo unday emas. OFKda "Bunyodkor" stadionining maysasi bo'yicha katta tajriba bor edi. Esingizda bo'lsa, 2021 yilgi OCHL musobaqasining guruh bosqich o'yinlari aynan Toshkentda o'tkazilgandi. OCHL-2021 musobaqasining oltinchi tur o'yinlaridan keyin "Bunyodkor" stadionining chimi juda ham achinarli ahvolga kelib qolgandi. Demak, U-23 Osiyo kubogida ham taxminan shunga o'xshash holat yuz berish ehtimoli katta edi.  Aynan shu sabab ham musobaqaning eng muhim o'yini bo'lmish final bahsi "Paxtakor" stadionida o'tkazilishi nisbatan yaxshi qaror bo'lardi.  "Paxtakor" va "Bunyodkor"  stadionlarining sig'imi deyarli bir xil. "Paxtakor" stadionining alo darajagi chimi tarozi pallasida "Bunyodkor"dagi bizga ko'rinmaydigan ustunliklarni bosib ketardi, nazarimda. "Toshbo'ron" voqeasi? Yo'q. Deylik, OFK 4 oy oldin finalni "Paxtakor"ga belgilaganda, "toshbo'ron"dan so'ng ham final baribir "Paxtakor" stadionida bo'lardi. Iroqqa qarshi o'yindan so'ng ko'rinib qolgan kamchiliklar esa tezda bartaraf etilardi. Xavfsizlik choralari kuchaytirilardi.

SHu o'rinda qiziq fakt. Rasmiy malumotlarga nazar tashlasak, Iroqqa qarshi chorak final o'yinimizga Saudiya Arabistoniga qarshi final bahsidan ko'ra ko'proq tomoshabin tashrif buyurgan: 32700 ga 32268. "Iroqqa qarshi o'yin bepul edi", — deyishingiz mumkin. Ammo O'FA bergan malumotga ko'ra, final o'yini uchun chiqarilgan barcha chiptalar ham sotib bo'lingandi. Demak, final o'yinida "Bunyodkor" stadioni to'lishi kerak edi. 34000 dan 32268 ni ayirsak, 1732 soni kelib chiqadi. Payqaganingizdek, bu final o'yinida stadionda qolib ketgan bo'sh o'rindiqlarning taxminiy soni. Bu raqamni boshqachasiga "stadion tashqarisidagi chayqovchilarning qo'llarida qolib ketgan chiptalar soni", — deb atasak ham hech kim xafa bo'lmasa kerak. 

Uyg'oning, uxlayotganingizda sizni to'nab ketishdi – O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'yini chiptalari sotib bo'lindi


O'zbekiston - Saudiya Arabistoni / O'zbekiston - Iroq  o'rtasidagi o'yinlarga tashrif buyurgan muxlislar soni:


O'tgan yilgi OCHL guruh o'yinlariga mezbonlik qilgan "Bunyodkor" stadionning 6-turga kelib, qay ahvolga tushganini o'zingiz ko'rishingiz mumkin.

OCHL-2021, 7 iyul. "Gamba Osaka" va "Tampin Rovers" (8:1) o'rtasidagi oltinchi tur o'yinidan olingan kadrlar:


"Bunyodkor" stadioni roppa-rosa bir yildan keyin deyarli o'sha ahvolga tushdi. Farqli jihati, aynan shu holatdagi chimda U-23 Osiyo kubogining final o'yini o'tkazildi, OCHL guruh bosqichining o'tkinchi o'yini emas.

Balki, finalda aynan O'zbekiston U-23 terma jamoasi o'ynagani uchun bu narsaga ortiqcha etibor berib yuborayotgandirmiz. Biroq yarim final, final uchrashuvlariga neytral ko'z bilan qaraganda ham "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan bahslarda chim faktori jamoalar o'yiniga salbiy tasir o'tkazganini inkor qilib bo'lmaydi. Nima bo'lgan taqdirda ham, musobaqa tarixga aylandi. U-23 Osiyo kubogi esa bizga ununtilmas onlarni taqdim etdi.

"Bunyodkor" stadionining chimi esa "Xayriyat, qutuldim", deb turgan bir pallada, uni "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi (20 kun ichidagi 10-o'yin) kutib turardi... 

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin. 

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Muallif : Administrator
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика