"Lokomotiv" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi
21 dek 09:28
Yangiliklar
"Lokomotiv" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi
Superligaga qaytgan "Lokomotiv" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi.
"Temiryo'lchilar" o'tgan mavsum "Bunyodkor"da o'tkazgan Temurxo'ja Abduxoliqov bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.
Avvalroq, "Lokomotiv" OKMK yarim himoyachisi Sardor Mirzaevni ham ortga qaytarishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Abduxoliqov "Bunyodkor"dagi ikki yilda jami 57 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma sohibiga aylandi.
Malumot uchun, 34 yoshli hujumchi faoliyati davomida jami 6 yil "Lokomotiv" safida harakat qilgan. U Toshkent jamoasi safida 161 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 79 ta gol va 10 ta assist bor. U "Lokomotiv" safida 2 marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar