Igor Sergeev yil futbolchisi bo'lishda Jamshid Iskanderovni qancha farq bilan ortda qoldirdi?
22 dek 15:46
Yangiliklar
Igor Sergeev yil futbolchisi bo'lishda Jamshid Iskanderovni qancha farq bilan ortda qoldirdi?
Unga ko'ra, Igor Sergeev ("Paxtakor") eng yaxshi futbolchi deb topildi. "Neftchi"ni chempion qilgan Vitaliy Levchenko esa yil murabbiyi bo'ldi.
Hojiakbar Alijonovning "Bunyodkor"ga urgan goli ekspertlar tomonidan yil goli deya etirof etildi. "Dinamo" azosi Firdavs Abdurahmonov yil javohiri, "Navbahor" futbolchisi Abbos G'ulomov yil kashfiyoti bo'lgan bo'lsa, "So'g'diyona" etakchisi Lyupcho Doriev Superliganing eng yaxshi legioneri deb topildi.
Etiborlisi., Superliganing eng yaxshi o'yinchisiga aynlangan "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev so'rovnomada "Neftchi" etakchisi Jamshid Iskanderovdan 5 ochko ko'p to'plab, g'oliblikka erishgan — "sherlar" vakiliga uni ko'pchilik ikkinchi o'ringa qo'ygani qo'l kelgan.

Yil kashfiyotiga aylangan "Navbahor" azosi Abbos G'ulomov ikkinchi o'rindagi hujumchi Rustam Turdimurodovni bir ochkoga ortda qoldirgan. O'z o'rnida, Turdimurodov ham uchinchi pog'onadagi "Dinamo" himoyachisi Jahongir O'rozovdan bir ballik farq bilan ustun kelgan.

Ushbu havola orqali ovozlar qanday taqsimlangani bilan tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar