So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  2 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

"Chempionlik? Bu qo'limizdan keladigan ish" - Ravshan Haydarov Yangiliklar

"Chempionlik? Bu qo'limizdan keladigan ish" - Ravshan Haydarov

Xabaringiz bor, yanvar oyida Saudiya Arabistonida U-23 Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi.

Ushbu turnirda Ravshan Haydarov boshchiligidagi U-21 yosh toifasidagi olimpiya terma jamoamiz ishtirok etadi. Vakillarimizning Toshkentdagi yig'ini ertadan boshlab Dohaga ko'chadi. U erdan terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga yo'l olishadi. Bugun qita turniri munosabati bilan bosh murabbiy Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. 

"Sizlarni ko'rib turganimizdan xursandmiz. Tayyorgarlik rejalarimiz haqida malumot berib o'tsam, 7 dekabr sanasidan ishlab chiqilgan reja asosida tayyorgarlikni boshladik. Bu tayyorgarlik rejalarimiz ikki qismdan iborat. Birinchi qismimiz Toshkentda olib borildi. Dekabr, mavsumdan keyin futbolchilarning holati har xil. Shularni bir maromiga keltirish ustida ishladik. Kimgadir dam berildi, kimdir jarohat bilan keldi. 28 nafar futbolchi taklif qilingan edi. Yakunda bu talablarni bajara olmaganlarga ruxsat berildi. Albatta, bu borada indvidual yondoshishga to'g'ri keldi. Yaxshi dam olib kelganlar bo'ldi, Superliga o'tish o'yinida ham qatnashishdi. Deylik "Buxoro" jamoasining ikki azosi kecha etib kelishdi. Bugun Qatarga uchib ketamiz, u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Toshkentda "Andijon" bilan nazorat o'yinimiz ham o'ziga hos savollarimizga javob berdi. Dohada Qatar va Iordaniya U-23 terma jamoalari raqib vazifasini o'taydi. O'ylaymanki, bu orqali o'yinimizni shakllantirib olamiz. Tarkibga jalb qilingan futbolchilar matbuotda elon qilindi. Murabbiylar kengashi qarori bilan mazkur musobaqada olimpiya terma jamoamiz bilan qatnashamiz. 2005-2006 yillarni o'z ichiga olgan. 2003-2004 yildagi yigitlar yaxshi cikl o'tkazishdi. Ular Osiyo chempioni bo'lishdi, Jahon chempionatida ham o'ynashdi. Milliy terma jamoamizga chaqirilishdi, o'z klublarida asosiy tarkibda o'ynashmoqda. Ikkinchidan bu tajribamizdan o'tgan. Yana bir marta bunga qaytyapmiz", – deydi Ravshan Haydarov.

— Bo'lajak turnirda omad tilaymiz. Bungacha bo'lgan yig'inlarda, saralashda 2003-2004 yil futbolchilar ham bor edi. Osiyo Kubogiga yaqin tarkib faqat 2005-2006 yil futbolchilarni o'z ichiga oldi. Bu avvaldan qilingan rejamidi? 

— Bu normal holat. Bizni jamoalarimizda aralash tarkib o'ynatish avval ham bo'lgan. 2018 yilgi tarkibimizda 30-40 foiz yoshlar bor edi. Shomurodov, Shukurov, Hamdamovlar bilan Alijonov, Yaxshiboev kabi yoshlar bor edi. Bu keyingi ciklga o'tayotganda  tajribasi yordam beradi. Bu jamoa bilan ham shunday bo'ldi. Saralashda 50/50 tarkib o'ynadi. Bu qarorni sababi, 2005-2006 yillar jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olishmadi. Bu katta minus edi. Katta musobaqalarda qatnashish ulkan tajriba beradi. Shu bois Osiyo Kubogida yoshlarga imkon berishga qaror qildik. 

— Saralashda Qirg'izstondan keyingi o'rinni egalladik. Guruhda Eron va Janubiy Koreyadan yuqorida bo'la olamizmi? 

— Nima uchun bo'lolmaymiz? Saralashda hamma o'yinlar nazoratimiz ostida o'tdi. To'g'ri, durang bo'lib qoldi. 20 yoshdan keyin ular katta futbolga o'tgan bo'lishi kerak. Tajribasi kam yoki ko'p bo'ladi. Lekin bunga qaramasdan Eronmi, Koreyami oldimizga qo'yilgan yuqori maqsad bilan, jiddiy qarab ketyapmiz. 

— Osiyo Kubogida chempionlik maqsad qilinganmi? 

— U-23 da reytingimiz yuqori. Avvalgi musobaqalarda chempionlik, ketma-ket kumush medallar qo'lga kiritilgan. Bunday jamoa oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib harakat qilaverish kerak. Bu qo'limizdan keladigan ish.

— Jamoaning tayyorgarlik jarayoniga qarasak, Xitoydagi 3 ta o'yinda 3 xil sardorni ko'rdik. "Andijon" bilan nazorat o'yinida Sardor Bahromov sardorlik bog'ichi ostida o'ynadi. Jamoada sardor kim bo'ladi? 

— Sardorlarni tanlayapmiz. Etakchilik sifatlarini namoyon qiladigan, maydonda va tashqarida lider bo'la oladigan o'yinchilarni ko'rib bormoqdamiz. Bunday vazifaga 2-3 nafar nomzodlar bor. Menga muhimi futbolchilarni o'ziga bo'lgan ishonchi. Jamoamizda o'zini yaqqol sardor sifatida ko'rsatadiganlar kamroq. O'yin bo'yicha bunday emas. Maydon tashqarisida, o'zaro kommunikaciyada gap. Bu borada bir qarorga kelamiz.

— U-23 Osiyo Kubogida kichik yosh toifasidagi jamoa bilan avval qatnashganmiz. Lekin u terma jamoada Husayn Norchaev, Jasur Jaloliddinov, Abduvohid Nematov kabi futbolchilar cho'qqisiga chiqayotgandi. Bu terma jamoamizda unday emas. Aksariyati Pro liga va o'rinbosarlar jamoasi darajasida mavsum o'tkazdi. Bu havotirlimasmi? 

—  Har bir avlodning o'ziga yarasha rivojlanishi bor. Saralangan futbolchilari bor. Avvalgi jamoalarda yaqqol ajralib chiqqanlar bor edi. Hozir esa bir tekisroq. Iqtidor borasida qolishmaydi. Ularni ham musobaqalarda ko'rib, tanishni boshlashgan. O'ylaymanki, bular uchun ham musobaqa shunday rol o'ynaydi. 

— Legionerlarimiz bo'yicha holat qanday?

— Ha, muammolar bor. Muhammadali O'rinboevni klubi qo'yib yuborgani yo'q. Jarohat bor, yanvar oyida tuzaladi degan xat kelgan. Hozircha unga umid qilayotganimiz yo'q. Legionerlardan Laziz Mirzaev kelgan. 16, 17 yoshda o'zini ko'rsatgan futbolchilarni birdan yo'qolib qolishi noto'g'ri. Shuning uchun uning holatini o'z ko'zimiz bilan ko'rish uchun chaqirdik. Kichik jarohatlari bor. Ritmdan tushib qolgani ko'rinib turibdi. Bu chaqiruv unga yana motivaciya bersa ajab emas. Superligada o'ynagan futbolchilar Oybek O'rmonjonov, Firdavs Abdurahmonov jarohat oldi. Qolgan futbolchilarni hozirgi holatini yaxshilashga harakat qilyapmiz.

Eslatib o'tamiz, musobaqa Saudiya Arabistonida 6 yanvardan 24 yanvarga qadar o'tkaziladi. O'zbekiston "C" guruhida Koreya, Eron va Livan bilan to'qnash keladi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
22 dek 15:34:55
Karnak
Shu Ravshan Haydarovga futbolimizda doim ish topiladi. Barcha yoshdagi terma jamoalarni boshqargan. Ko'pgina klublarda ishlagan. Ammo bitta natijasidan tashqari, qolganlarida o'zini ko'rsata olmagan. Bu galgi uning qo'l ostidagi U-23 dan yaxshi natija kutish qiyin. Ammo yaxshi niyat qilamiz. U-23 terma jamoamizga omad
   
22 dek 15:58:14
Baxtiyor MYu
биттаси тўғри савол берибди. Бу авлод таркибида суперлигада чақнаб чиққан ёш ўйинчилар йўқ. Кўпчилик учун нотаниш
   
22 dek 15:52:44
Бахтиёр Ашуров
Karnak foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu Ravshan Haydarovga futbolimizda doim ish topiladi. Barcha yoshdagi terma jamoalarni boshqargan. Ko'pgina klublarda ishlagan. Ammo bitta natijasidan tashqari, qolganlarida o'zini ko'rsata olmagan. Bu galgi uning qo'l ostidagi U-23 dan yaxshi natija kutish qiyin. Ammo yaxshi niyat qilamiz. U-23 terma jamoamizga omad
U19 билан икки марта жаҳон чемпионати чорак финалида уйнаган!
   
22 dek 15:42:07
Gayratjon Ismonov
Ха гурухдан чика олмаслигини билиб олдиндан Кул кутариш бу
   
22 dek 15:18:20
BXZ BXZ
Гурухимиз жуда кучли уччала бахсда жанг бу́лади агар саралашдагидек у́йнаса термамиз анча кийналади . Нима бу́лганда хам U-23 термамизга омад тилаймиз ва яхши натижа кутиб коламиз .
   
22 dek 14:25:46
Жамшид Jamshid
Гурухдан хам чиколмасак керак. Киргиз билан дуранг булган булса
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика