OFK Millatlar ligasi tashkil etilmoqda
21 dek 2025 19:01
Yangiliklar
OFK Millatlar ligasi tashkil etilmoqda
"Osiyo futbol konfederaciyasi milliy terma jamoalar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida “AFC Nations League” (OFK Millatlar Ligasi) musobaqasini joriy etish rejasini malum qildi. Yangi turnir Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro uchrashuvlar tizimini yanada tartibli va barqaror qilishga qaratilgan.
Mazkur musobaqa FIFA kunlarida terma jamoalar uchun muntazam va mazmunli o'yinlar tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bu orqali raqib topishdagi qiyinchiliklar, logistika muammolari va yuqori xarajatlar sezilarli darajada kamaytirilishi ko'zda tutilmoqda.
OFK Millatlar Ligasi jamoalar darajasiga mos raqobat muhitini yaratib, sport tamoyillariga asoslangan muvozanatni taminlashni maqsad qilgan. Shu bilan birga, turnir milliy terma jamoalar uchun aniq rivojlanish va bosqichma-bosqich o'sish yo'lini belgilab beradi.
OFK rahbariyati ushbu tashabbusni Osiyo futboli uchun muhim qadam sifatida baholab, loyiha terma jamoalar faoliyatiga barqarorlik olib kirishini takidladi. Shuningdek, musobaqaga tijoriy hamkorlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgani qayd etildi.
Musobaqaning formati, amalga oshirish bosqichlari va aniq muddatlari OFK qo'mitalari muhokamalardan so'ng rasman elon qilinadi", — deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar
Биз осиеда ракиб кидирмаймиз осиени 2 кучли жамоаси билан 4 уйин уйнаймиз кейин ярим финал кейин финал вохаказо
Айтайлмк австралия Катар ва биз 1 уринни олса ярим финал ва финал