So’nggi yangiliklar

15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  4 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  1 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  4 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3

Sehrgarlik, g'aroyib mojarolar va buyuk kambek. Afrika Millatlar kubogi haqida 10 ta g'ayrioddiy fakt Yangiliklar

Sehrgarlik, g'aroyib mojarolar va buyuk kambek. Afrika Millatlar kubogi haqida 10 ta g'ayrioddiy fakt

21 dekabr kuni Afrika Millatlar kubogi start oldi. Qita birinchiligi oldidan qiziqarli tarixiy malumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ko'pincha unvon Afrikaning shimoliy qismiga nasib etgan. Rekordchilar orasida Misr (7 marta g'olib), Kamerun (5 marta) va Gana (4 marta) bor.

Afrika Millatlari kubogini 16 nafar xorijlik murabbiy qo'lga kiritgan. Ularning aksariyati (6 kishi) francuzlar. Erve Renar esa (hozirda Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasining bosh murabbiyi) ikki xil terma jamoa bilan mazkur turnirda g'alaba qozongan yagona murabbiy hisoblanadi (2012 yilda Zambiya va 2015 yilda Kot-d’Ivuar bilan).

2028 yildan boshlab turnir har ikki yilda emas, balki to'rt yilda bir marta o'tkaziladi. Buning sababi 2029 yildan yangi turnir – Afrika Millatlar ligasi tashkil etilishi bilan bog'liq.

2021 yilda Jazoir terma jamoasi shtabidagi bir shaxs jamoaning mag'lubiyatiga sehrgarlik aloqador emasligiga ishonch hosil qilish maqsadida maydon atrofiga idishdan suv sepdi. 2022 yilda esa Zimbabve terma jamoasi shtabi azosi maydon markazida o'lik ko'rshapalakni topib, musobaqa tashkilotchilarini "qora jodu"ni qo'llashda aybladi.

2010 yilgi turnirda xalqaro futbol tarixidagi eng buyuk kambeklardan biri sodir bo'ldi. Mali terma jamoasi Angolaga qarshi o'yinning 79-daqiqasigacha 0:4 hisobida yutqazib turgan holda, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

2010 yilgi musobaqaning eng yaxshi to'purari zaxiradagi o'yinchi bo'ldi. Misrlik Muhammad Gedo har uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, jami 5 ta gol urdi. U tarkibga jalb etilgani haqidagi xabarni esa internetdan bilib qolgan edi.

2022 yilgi turnirda hakam final hushtagini chalishda ikki marta xatoga yo'l qo'ygan. Avvaliga o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida, keyin esa 30 soniya qolganida o'yinni tugatgan. Hakamlar brigadasini stadiondan qo'riqchilar kuzatuvida olib chiqishgan.

Niger terma jamoasi mablag' etishmasligi sababli Afrika kubogi-2013'ga bora olmasligi mumkin edi. Mamlakat futbol federaciyasi jamoaning JARdagi turnirga safar xarajatlarini qoplay olmadi. Hukumat va fuqarolar kerakli mablag'ni yig'ib, vaziyatni hal qilishga yordam berdi.

Togo terma jamoasining avtobusi 2010 yilda turnirga mezbonlik qilgan Angola chegarasida pulemyotdan o'qqa tutildi. Avtobusni kuzatib borayotgan qo'riqchilar javob otishmasini qaytarishiga qaramay, bosh murabbiy yordamchisi, jurnalist va haydovchi halok bo'lishining oldini ololmadi.

Afrika Millatlar kubogi-2025'ga chaqirilgan o'yinchilarning atigi 30 foizi Afrika klublarida to'p tepmoqda. 200 nafar futbolchi o'z qitasidagi jamoalarda o'ynayotgan bo'lsa, 465 kishi Afrikadan tashqaridagi klublarda faoliyat yuritmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

   
22 dek 14:42:39
nodir sharipov
Bu yilgi Afrika kubogida anchagina legioner qatnashayotgan ekanda.Bu galgi Afrika kubogida aynan finalda Marokash-Kot dʼIvuar, Marokash-Nigeriya yoki Nigeriya-Kot dʼIvuar oʻyini boʻlishini kutyapman.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика