FIFA JCH-2026 ishtirokchilari uchun rekord miqdorda sovrin pullari beradi
17 dek 20:21
Yangiliklar
FIFA JCH-2026 ishtirokchilari uchun rekord miqdorda sovrin pullari beradi
JCH-2026da qatnashadigan har bir jamoa kafolatlangan tarzda kamida 10,5 million dollar qo'lga kiritadi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, FIFA kengashi 2026 yildagi jahon chempionatini o'tkazish uchun rekord darajadagi 727 million dollar ajratgan - bu 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatiga nisbatan 50 foiz ko'p. Mablag' ishtirokchi azo associaciyalar orasida taqsimlanadi, shundan 655 million dollar turnirning sovrin jamg'armasini tashkil etadi.
JCH-2026 g'olibi 50 million dollar, finalchi esa 33 million dollar mukofot puli oladi. Bronza medali sohibi 29 million dollar, 4-o'rinni egallagan jamoa esa 27 million dollar ishlab topadi. Chorak finalchilarga 19 million dollardan, 1/8 final ishtirokchilariga 15 million dollardan, 1/16 finalga chiqqanlarga 11 million dollardan to'lanadi. Guruh bosqichidan chiqib ketgan ishtirokchilar 9 million dollardan mukofot puli oladi.
Bundan tashqari, JCH-2026ning har bir ishtirokchisi tayyorgarlik xarajatlarini qoplash uchun 1,5 million dollar oladi. Shunday qilib, har bir associaciya turnirda ishtirok etgani uchun kamida 10,5 million dollar qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, O'zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar