Keyn Bundesligada Levandovskining rekordini yangilash haqida gapirdi
17 dek 22:25
Yangiliklar
Keyn Bundesligada Levandovskining rekordini yangilash haqida gapirdi
Myunxenning "Bavariya" jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Bundesligada Robert Levandovskining gol urish bo'yicha mavsum rekordini yangilash imkoniyati haqida gapirdi.
"Menimcha, bu mumkin, ayniqsa bu mavsumda yaxshi boshlaganimni inobatga olsak. Hali oldinda uzoq yo'l bor. Bu darajani yana to'rt-besh oy davomida saqlab qolishim zarur. Futbolda eng mushkuli - uzoq vaqt mobaynida barqarorlikni saqlash. Bu ajoyib natija, uni yangilash qiyin bo'lishini bilaman. Men doim shunday yutuqlarga intilib kelganman," - deya Keynning so'zlarini Sky Sport Germany keltiradi.
Germaniya chempionatida bir mavsumda eng ko'p gol urish bo'yicha rekord Levandovskiga tegishli bo'lib, u 2020/2021 yilgi mavsumda Myunxen klubi uchun 41 ta gol urgan.
Joriy mavsumda Keyn "Bavariya" safida Bundesliganing 14 ta o'yinida ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar